Oliy Majlis Senatiga Xitoy Xalq Respublikasi Milliy audit boshqarmasi boshlig‘i Xou Kai tashrif buyurdi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda davlat byudjetini shakllantirish va uning samarali sarflanishida hisob palatasi tizimi hamda parlamentning o‘zaro hamkorligining muhim ahamiyati haqida gap bordi.

Mazkur sohada Xitoy bilan o‘zaro tajriba almashish, kadrlar malakasini oshirish va bu boradagi qonunchilik tizimini takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, byudjetni shakllantirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish yo‘nalishlarida gender yondashuvning muhim ahamiyati muhokama qilindi.

Hududlararo muloqotlarning rivojlanib borayotganini inobatga olinib, mahalliy byudjetlar dasturini shakllantirishda parlament nazoratini kuchaytirishga doir loyihalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Xitoy: mahalliy byudjetlar dasturi bilan bog‘liq loyihalar yo‘lga qo‘yiladi