O‘zbekiston Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya raisi Tanzila Norboyeva Jeneva shahrida Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT)ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosi mintaqaviy direktori Beate Andrees bilan muzokara o‘tkazdi.

O‘zbekiston va XMT o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, jumladan, mamlakatimizda munosib mehnat sharoitlarini tizimli ravishda yaratish borasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.  

Suhbat chog‘ida munosib mehnat va ijtimoiy himoya tamoyillarini joriy etish, norasmiy bandlikka qarshi kurashish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini asosiy daromad bilan ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish standartlarini joriy etish kabi hamkorlik yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi.  

XMTning mamlakatimiz, umuman, Markaziy Osiyodagi ishtirokini kengaytirish, konstruktiv muloqot izchilligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida XMTning xalqaro koordinatori lavozimi tashkil etilgani ma’lum qilindi.  

Bu, o‘z navbatida, mehnat munosabatlari sohasida O‘zbekistonning ilg‘or tajribasini mintaqada ham joriy etish imkonini berishi ta’kidlandi.  

Shu bilan birga, kelgusida Toshkentda XMTning Markaziy Osiyoning barcha davlatlari uchun submintaqaviy vakolatxonasini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.  

Uchrashuv yakunida XMTning yuqori malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda hamkorlikdagi qo‘shma loyihalarni faollashtirishga kelishib olindi.  

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Xalqaro mehnat tashkiloti: amaliy hamkorlik kengaytiriladi