Bugun “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va Malayziyaning nufuzli “PETRONAS” texnologiya universiteti o‘rtasida kadrlar tayyorlash yuzasidan maxsus o‘quv dasturini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuvga ko‘ra, 2025 yildan boshlab har yili 20 nafar iqtidorli yosh mutaxassis mazkur universitetda tahsil oladi. Ularning 10 nafari neft-gaz muhandisligi va geologiya yo‘nalishida bakalavriat darajasini, qolgan 10 nafari esa magistratura bosqichida burg‘ilash muhandisligi, neft-gaz muhandisligi va geologiya bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘ladi. Ushbu ta’lim dasturining barcha moliyaviy xarajatlari “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan qoplanadi.

Bundan tashqari, joriy yilning o‘zida jamiyatning 37 nafar yetakchi mutaxassisi Malayziyada malaka oshirish kurslarini o‘taydi.

2025-2031 yillar davomida umumiy 80 nafar mutaxassis mazkur dasturda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Jamiyat axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Universiti Teknologi PETRONAS (UTP) 1997 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Malayziyadagi eng nufuzli muhandislik va texnologiya yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Ushbu oliygoh energiya, neft-gaz, kimyo va axborot texnologiyalari sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashda katta tajribaga ega.

Imzolangan hujjat nafaqat kadrlar salohiyatini xalqaro mezonlar asosida yuksaltirishga, balki sohada ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etishga ham xizmat qiladi.

Nasiba Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida neft-gaz ta’limi sohasida kelishuvga erishildi