Özbekiston va Koreya 8,5 million dollarlik loyihani boşlaydi
Uglerod birliklari xalqaro savdosida iştirok etiş uçun huquqiy mexanizmlar, malakali mutaxassislar va amaliy loyihalar zarur. Özbekistonda uşbu yönalişlarni rivojlantiriş maqsadida Koreya Respublikasi bilan yangi hamkorlik dasturi yölga qöyilmoqda.
Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosari Umid Obidxöjayev Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda Global yaşil ösiş instituti (GGGI) vakillari bilan ötkazgan muzokaralari davomida mazkur masalalarga alohida eʼtibor qaratdi.
Muloqot natijasida Parij bitimining 6-moddasi asosida Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan loyiha uçun 8,5 million dollarlik grant mablağini jalb etiş böyiça hujjatlar imzolandi. Taşabbus KOICAning texnik kömagida GGGI bilan hamkorlikda amalga oşiriladi.
Loyihaning asosiy vazifalaridan biri mamlakatda uglerod birliklari bilan boğliq jarayonlarni boşqariş tizimini şakllantiriş. Buning uçun Özbekiston va Koreya örtasida savdo operatsiyalarini amalga oşiriş tartibi, amaliy qöllanmalar hamda özaro hamkorlik rejasi tayyorlanadi.
Mutaxassislar tayyorlaş ham dasturning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Uglerod loyihalarini işlab çiqiş va boşqariş böyiça kadrlar tayyorlaydigan maxsus markaz taşkil etiladi. Markazning moddiy-texnik bazasi yaratilib, zarur jihozlar örnatiladi va öquv dasturlari işlab çiqiladi.
Şu bilan birga, grant mablağlari iqtisodiyotning bevosita ekologik natija beriş mumkin bölgan tarmoqlariga ham yönaltiriladi. Qişloq xöjaligi, energetika va suv resurslari sohalarida issiqxona gazlari çiqindilarini kamaytirişga qaratilgan pilot taşabbuslar amalga oşiriladi.
Nasiba Ziyodullayeva,
ÖzA