Özbekiston milliy akkreditatsiya tizimi 14 ta yönaliş böyiça xalqaro darajada tan olindi
Toşkentda 26-noyabr kuni "Işonç, innovatsiya va barqaror rivojlaniş – akkreditatsiyaning strategik maqsadi" mavzusida xalqaro mintaqaviy anjuman bölib ötdi. Unda Özbekiston milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro talablarga muvofiqligi, baholaş natijalarining jahon miqyosida tan olinişi hamda şu orqali mahalliy işlab çiqaruvçilarning taşqi bozorlarga çiqiş imkoniyatlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
“Özbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi tomonidan taşkil etilgan tadbirda xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar, xorijiy akkreditatsiya organlari vakillari, mahalliy mutaxassislar hamda sohaga oid boşqa manfaatdor tomonlar iştirok etdi. Anjumanning faxriy mehmoni va asosiy maʼruzaçisi sifatida Global akkreditatsiya hamkorligi taşkiloti (Global ACI) raisi Brahim Xula qatnaşdi.
Tadbirning eng muhim voqealaridan biri, Özbekiston milliy akkreditatsiya tizimiga xalqaro tan oliş sertifikatining topşirilişi böldi. Mamlakatimiz akkreditatsiya organi xalqaro paritet baholaşdan muvaffaqiyatli ötib, 14 ta yönaliş böyiça Global ACI va Osiyo-Tinç okeani akkreditatsiya hamkorligi (APAC)ning köp tomonlama tan oliş kelişuvi doirasiga kiritildi.

Uşbu natija Özbekistondagi akkreditatsiya xizmatlari xalqaro standartlarga töliq mos kelişini tasdiqlaydi. Amaliy jihatdan esa milliy tizim doirasida baholangan laboratoriyalar, sertifikatlaştiriş va inspeksiya organlari xulosalarining xorijiy hamkorlar tomonidan töğridan-töğri tan olinişiga xizmat qiladi. Natijada mahsulotlarni eksport qilişda takroriy sinov va baholaş jarayonlariga ehtiyoj kamayib, vaqt hamda xarajatlar tejaladi. Boşqaça aytganda, sohada “bir marotaba sinovdan ötkazib – barça joyda qabul qiliş” tamoyili amalda işlay boşlaydi.

– Akkreditatsiya, işonç va innovatsiyani taʼminlaş, şuningdek, barqaror rivojlanişga kömaklaşiş vositasidir, – deydi Brahim Xula. – Özbekistonning xalqaro miqyosda tan olingan sifat infratuzilmasini şakllantirişga intilayotgani quvonarli. Mamlakatingiz keyingi yillarda bu borada sezilarli natijalarga erişdi.
Uning taʼkidlaşiça, sifat infratuzilmasi faqat akkreditatsiya bilan çeklanib qolmaydi. U metrologiya, standartlaştiriş, muvofiqlikni baholaş va bozor nazorati kabi özaro boğliq yönalişlarni ham qamrab oladi. Mazkur sohalarning uyğun rivojlanişi mahsulotlar sifati va xavfsizligini taʼminlaş, isteʼmolçilar işonçini mustahkamlaş hamda xalqaro savdoni qöllab-quvvatlaşda muhim örin tutadi.
“Özbekiston akkreditatsiya markazi” direktori Bekzod Şaripovning qayd etişiça, milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro darajada tan olinişi mamlakat eksportçilari uçun ulkan amaliy ahamiyatga ega.

– Bugungi kunda laboratoriyalar tomonidan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi xalqaro talablar asosida baholanişida, şuningdek, uşbu natijalarning xorijda tan olinişini taʼminlaşda akkreditatsiya muhim örin tutadi, – deydi u. – Bu, ayniqsa, Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga aʼzo böliş jarayonida yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Çunki xalqaro savdoda mahsulot sifati va uni baholaş xulosalariga nisbatan yuqori işonç bölişi zarur.
Direktorning maʼlum qilişiça, 2026-yil may oyida Özbekiston milliy akkreditatsiya tizimi ISO/IEC 17011 standarti talablari böyiça 12 nafar xorijiy ekspert iştirokidagi baholaşdan ötkazilgan. Bu jarayon tizimning global talablarga muvofiqligini tasdiqlaş va uning natijalarini jahon miqyosida tan oliş uçun asos böldi.
Sohadagi islohotlar faqat xalqaro eʼtirof bilan çeklanmayapti. Markazda akkreditatsiya jarayonlari töliq raqamlaştirilgan bölib, bu arizalarni körib çiqişda şaffoflikni oşiriş, ortiqça qoğozbozlikni qisqartiriş va tadbirkorlar vaqtini tejaşga xizmat qilmoqda.
Anjumanda mintaqaviy şeriklik masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Belarus va Rossiya akkreditatsiya organlari vakillarining iştiroki özaro tajriba almaşiş, hamkorlikni rivojlantiriş hamda savdodagi texnik tösiqlarni kamaytiriş yuzasidan fikr yuritiş imkonini berdi.
– Akkreditatsiya markazining faoliyati boşqa sohalardan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Standartlaştiriş, sertifikatlaştiriş, sanoat va quriliş sohalaridagi tartibga soluvçi idoralar bilan yaqin hamkorlik muhim, – deydi Özbekiston akkreditatsiya markazi” direktori Bekzod Şaripov. – Çunki umumiy maqsadimiz, Özbekistonda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoşligini oşiriş, ularning sifati va xavfsizligini xalqaro standartlar asosida baholaşdan iborat.
Taʼkidlaş joizki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi farmoni bilan milliy akkreditatsiya tizimida xalqaro darajada tan olingan xizmatlar turini 14 taga yetkaziş vazifasi belgilangan. Jumladan, malaka sinovlari provayderlari, standart namunalar işlab çiqaruvçilar, tibbiy laboratoriyalar va inspeksiya organlarini xalqaro standartlar asosida akkreditatsiya qiliş yönalişlarini rivojlantiriş közda tutilgan.
Umuman olganda, milliy akkreditatsiya tizimining xalqaro tan olinişi mahalliy korxonalar uçun taşqi bozorlarga çiqişdagi texnik tösiqlarni bartaraf etiş, mahsulotlar sifatiga işonçni oşiriş va eksport salohiyatini kengaytirişga xizmat qiladi. Bu jarayonning asl samarasi esa xalqaro talablarga mos baholaş xizmatlarining amaliyotda qançalik keng qöllanişi va tadbirkorlarga qanday real foyda keltirişi bilan ölçanadi.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA muxbiri