Davlatimiz nafaqat Markaziy Osiyoda, balki butun dunyoda turizm markazlaridan biri sanaladi. Mamlakatimizda o‘tmishning turli davrlariga xos noyob tarixiy-me’moriy ansambllar mavjud bo‘lib, qadimiy shaharlardagi zamonaviy me’morchilik o‘tgan asrlardagi milliy me’morchilik yodgorliklari bilan tutashgan. u faqat O‘zbekistonga xos xususiyatdir. Qadimda Xitoyni Yevropa davlatlari bilan bog‘laydigan Buyuk ipak yo‘li o‘tgan O‘zbekiston shaharlari – Buxoro, Samarqand, Xiva, Shahrisabz, Qo‘qon, Termiz – orqali o‘tadigan yo‘nalishlar sayyohlar uchun nihoyatda jozibali.

Bundan kelib chiqqan holda, turizm sohasi – mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning alohida strategik yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, uning rivojlanishiga katta e’tibor qaratilyapti.

Shu sababdan O‘zbekistonning turistik salohiyatini jahonga tanitish va mamlakat turizmiga bo‘lgan xorijiy talabni oshirish maqsadida xorijiy turizm bozorlarida targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Misol tariqasida shuni ta’kidlash joizki, 2018-2022 yillarda AQSH, Avstriya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya, Fransiya, Indoneziya va Rossiyadan turizm salohiyatini targ‘ib qilish maqsadida OAV va yetakchi televideniye vakillari, bloger va vlogerlarning davlatimizga tashrifi tashkil etildi.

Faqatgina 2022 yilning o‘tgan davrida “Chasse et Peche TV” (Fransiya, “O‘zbekistonda baliq ovlash” ko‘rsatuvi) NTV (Rossiya, “Poyedim poyedim dasturi), TRT BELGESEL (Turkiya, “O‘zbekiston Buyuk Ipak yo‘lida”), TVNET (TVNET, O‘zbekistonda iftorlik), “Rossiya 24" va “REN TV” telekanallari (Rossiya, “Neveroyatno interesnыye istorii” ko‘rsatuvi), bloger Uilyam Jon Sonbuchnerning (AQSH, “Best Ever Food Review Show” onlayn dasturi) kanallarida turizm ob’ektlarida suratga olish ishlari tashkil etildi va targ‘ib qilindi.

Bundan tashqari 2023 yilda Britaniyaning BBC, AQSHning CNN, Yevropaning “Euronews”, AQSHning yirik Netflix va “Amadeus” onlayn-striming platformalari, Xitoyning “Trip.com” onlayn-sayohat platformasi, Birlashgan Arab Amirliklarining “Holiday factory” sayyohlik kompaniyasi, “Visa Fasilitation Servises Global” kompaniyasi bilan mamlakat turizm salohiyatini targ‘ib qilishga kelishildi va sohaga tegishli materiallarning efirga uzatish ishlari yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu ishlar bilan bir qatorda turistlar oqimini oshirish va madaniyatimizni targ‘ib qilish maqsadida turizm va madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar doimiy ravishda tashkillashtirib kelinmoqda.

Misol uchun, har yil “Boysun bahori” ochiq folklor festivali, Namanganda “Xalqaro gullar”, Xorazmda “Lazgi”, Buxoroda “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik” kabi xalqaro festivallar an’ana tarzda tashkil qilindi.

Birgina Qashqadaryoda joriy yilda 8-12 avgust kunlari o‘tkazilgan “Yoshlar turizm qurultoyi”da 800 dan ortiq mahalliy yoshlar ishtirok etdi. Qurultoyga Markaziy Osiyo davlatlaridan 50 dan ortiq yoshlar tashrif buyurdi.

Shu bilan birga yetakchi xorijiy OAV vakillari uchun 20 ta info-press turlar tashkil qilindi va sayyohlar sonini orttirish hamda turizm targ‘iboti maqsadida 30 dan ortiq turizm hamda madaniy tadbirlar tashkil qilindi. 

Jumladan, Sirdaryoda III Xalqaro baxshichilik festivali, Farg‘onada “Turkiy xalqlar hunarmandchiligi” xalqaro forumi, Andijon viloyatida ilk marotaba “Dunyo sadolari” xalqaro festivali tashkil qilindi.

Ushbu bajarilayotgan ishlarning natijasi o‘laroq, mamlakatning turistik imiji yil sayin yaxshilanayotganini ta’kidlash mumkin.

Buni quyidagi misollar ham yaqqol tasdiqlaydi.

Markaziy Osiyo davlatlarining madaniy merosini bir-biriga o‘zaro bog‘liq sifatida targ‘ib qilish bo‘yicha tashabbusiga asosan YUNESKOning “Xiva deklaratsiyasi” qabul qilindi.

Islom hamkorlik tashkilotining 2022 yildagi XI sessiyasida Xiva 2024 yil “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb e’lon qilindi.

2023 yil iyunda Singapurdagi CrescentRating tashkiloti Xiva shahrini 142 ta davlat orasida “Yilning islom merosi destinatsiyasi” (sayyohlar tashrif buyuradigan joy) g‘olibi sifatida taqdirladi.

Turkiy davlatlar tashkilotining Turizm vazirlarining yig‘ilishida Qo‘qon shahri “Ilk turizm poytaxti” degan sharafli nom bilan ulug‘landi.

Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tkazilgan UNWTOning 24-sessiyasida birinchi marotaba BMT tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning 25-Bosh assambleyasini 2023 yilda qadimiy Samarqandda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti tomonidan Shahrisabz shahri 2024 yilda turizm poytaxti unvoniga ega bo‘ldi. Shahrisabzning Turizm poytaxti sifatida e’lon qilinishi shaharni Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Eron, Turkiya va Pokiston davlatlarida targ‘ib qilish va sayyohlarni jalb qilishga imkon yaratadi.

Shu bilan bir qatorda mamlakatimizning xxalqaro reytinglardagi nufuzi oshib va o‘rni yaxshilanib bormoqda.

Jumladan:

  • YUNVTOning O‘zbekiston eng tez turizm sohasi rivojlanayotgan 20 mamlakat ichida 4 o‘rinda e’tirof etildi;
  • “Jahon musulmon sayyohlari indeksi” reytingida 32-o‘rindan 22-o‘ringa ko‘tarilib, “eng jozibador” hamda “xavfsizlik va bag‘rikenglik darajasi yuqori” bo‘lgan 10 ta mamlakat qatoriga kirdi. Shuningdek, 2022 yilda O‘zbekiston yetti pog‘ona yuqorilab yangi paydo bo‘layotgan eng kuchli islomiy sayohat destinatsiyasi sifatida alohida e’tirof etildi;
  • “Halal Travel Frontier 2020" hisobotida musulmonlar turizmi bozorida yangi trendga asos solgan mamlakat sifatida e’tirof etildi;
  • National Geographic Traveler (AQSH) reytingida “Yil yangiligi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi;
  • Amerikaning “Time” jurnali, “Travel Lemming” va “Forbes Advisor” va “The New York Times” onlayn-sayohat qo‘llanmalari , Britaniyaning mashhur “British Muslim Magazine” jurnali, “Independent”, “Rough Sides”, “Dorling Kindersley”, “Times Travel” va “Lonely Planet” onlayn-nashrlari, Rossiyaning “Kursiv” nashri kabi nufuzli nashrlarda O‘zbekistonning turizm salohiyati va imkoniyatlari haqida ijobiy maqolalar chop etildi hamda dunyo hamjamiyatiga taqdim etildi.

Davlatimizning turizm sohasidagi yutuqlari va salohiyatini jahonga tanitish maqsadi hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, xususan xorijiy OAVlar, blogerlar va shu sohaga tegishli xalqaro tashkilotlar bilan o‘rnatayotgan aloqalari nafaqat davlatimizning jahon arenasidagi imiji yaxshilanishiga, balki xorijiy turistlarning O‘zbekistonga oqimi oshishiga, sohada bandlik darajasi ko‘tarilishiga, iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishi ta’minlanishiga zamin yaratadi.

Shu bilan birga mamlakatimiz hududida joylashgan barcha turistik ob’ektlarning asl tarixiy qiymatini tiklashga, ularning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinishiga xizmat qiladi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – ulkan sayyohlik salohiyatiga ega mamlakat