Tibbiy xizmatlar xaridida xususiy sektor bilan samarali hamkorlik yölga qöyiladi
2026-yil 4-noyabrda qabul qilingan “Soğliqni saqlaş tizimini rivojlantirişda xususiy sektor iştirokini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qaroriga köra, 2027-yil 1-yanvardan boşlab soğliqni saqlaş tizimini taşkil etiş va rivojlantiriş böyiça uzoq va qisqa muddatli Master reja asosida davlat va xususiy sektor iştirokidagi quyidagi mexanizmlar joriy etiladi.
Xususan, tibbiyot sohasiga xususiy sektor tegişli hududda tibbiy xizmatlarga bölgan ehtiyoj hamda davlat va nodavlat tibbiyot taşkilotlarining mavjud quvvatlarini inobatga olgan holda jalb qilinadi.
Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordamni körsatiş uçun zarur bölgan tibbiyot muassasalari davlat tasarrufida saqlanadi hamda ularning quvvatlari aholining tibbiy xizmatlarga bölgan haqiqiy ehtiyojiga mutanosib ravişda rivojlantiriladi.
Faoliyatining samaradorligini oşiriş, ilğor boşqaruv tajribasi va zamonaviy klinik texnologiyalarni joriy etiş zarur bölgan alohida tibbiyot muassasalariga professional boşqaruvçilar jalb qilinadi.
Yirik kapital qöyilmalar talab etiladigan yangi tibbiyot muassasalari, qoida tariqasida, xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etiladi.
Bunda Soğliqni saqlaş vazirligi Master rejada belgilangan ehtiyojlar asosida davlat-xususiy şeriklik mexanizmi orqali taşkil etiladigan tibbiyot muassasalarini belgilaydi hamda qonunçilikda belgilangan tartibda loyihalarni tayyorlaş, xususiy şeriklarni tanlaş va davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitimlarini tuziş işlarini taşkil etadi.
Şuningdek, yirik kapital qöyilmalar talab etilmaydigan hamda xususiy sektorda yetarli quvvat va raqobat muhiti şakllangan alohida tibbiy va yordamçi xizmatlar autsorsing asosida xususiy sektordan davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilikka muvofiq xarid qilinadi hamda davlat-xususiy şeriklik asosida yangi tibbiyot muassasalarini taşkil etiş Master rejada belgilangan ehtiyojdan kelib çiqib, yirik kapital qöyilmalar talab etiladigan loyihalar doirasida amalga oşiriladi.
ÖzA