O‘zbekiston terma jamoasining JCHdagi raqibi safiga «PSJ» futbolchisi qo‘shilmoqda
«Pari Sen-Jermen» yarim himoyachisi Senni Meyulu xalqaro miqyosda qaysi terma jamoa sharafini himoya qilish borasida bir qarorga keldi.
19 yoshli futbolchi Kongo DR milliy terma jamoasini tanladi, deb xabar bermoqda Topskills Sports UK nashri. Istiqbolli xavbek Fransiya terma jamoasida o'ynashi mumkin edi, biroq u ota-onasining vatani bo‘lgan mamlakatni afzal ko‘rdi. Tomonlar allaqachon kelishuvga erishgan — endilikda futbolchini Kongo terma jamoasi qaydnomasiga kiritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish qoldi, xolos.
Yaqinda Kongo DR terma jamoasi pley-off bosqichida Yamaykani mag‘lub etib (1:0), jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi. JCh-2026 guruh bosqichida kongoliklar Portugaliya, Kolumbiya va O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi maydonga tushadilar.