Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi yulduzi Florian Virtsga omad tiladi
Menimcha, unda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi uchun ham hamma narsa yetarli darajada.
Angliyaning "Liverpul" klubi sobiq ustozi Yurgen Klopp ayni vaqtda mersisaydliklar safida to‘p tepayotgan Florian Virts haqida gapirdi.
"Umid qilamanki, Virts fantastik tarzda jahon chempionatida ishtirok etadi. Menimcha, unda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi uchun ham hamma narsa yetarli darajada. U jamoasi uchun juda og‘ir o‘tgan mavsumda nimalarga qodir ekanini allaqachon ko‘rsatib ulgurdi. U top darajadagi futbolchi", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Virts joriy mavsumda klub safida umumiy 46ta uchrashuvda maydonga tushib, 7ta gol va 10ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi jahon chempionatida Kyurasao, Kot-d’Ivuar hamda Ekvador terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olgan.