Globallashuv davrida sud tizimlarining xalqaro hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Bu sud amaliyotini takomillashtirish, tajriba almashish va xalqaro standartlarga moslashtirish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bu jarayonda qanday ishlarni amalga oshirmoqda? 

Sudyalar oliy kengashi kotibi Xurshid Sodiqov shu haqda ma’lumot berdi: 

– Kengash O‘zbekiston sud tizimini xalqaro jamoatchilikka tanitish maqsadida izchil ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, kengashning faoliyati bilan tanishish uchun Germaniya, Indoneziya, Italiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Malayziya, Turkiya Respublikasi sudyalaridan iborat tarkibda delegatsiyalar qabul qilindi.

Kengash a’zolari rivojlangan davlatlarda tajriba almashish bilan birga kengash faoliyati to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazdi. AQSH Federal sud markazi tomonidan boshqariladigan "Judiciaries Worldwide" portaliga O‘zbekiston sud tizimi haqida ma’lumot kiritildi. Bu portalda 20 dan ortiq davlatning sud tizimlari haqida tahliliy ma’lumotlar mavjud bo‘lib, O‘zbekistonning ushbu platformada qatnashishi mamlakatda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlarini dunyoga namoyish etish imkonini berdi. 

Kengash xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda sud amaliyotini rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Xususan, "Mintaqaviy Muloqot" (Sloveniya) tashkiloti bilan birgalikda "Asoslangan gumon: qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash jihatlari" mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarda AQSH, Sloveniya va boshqa Yevropa davlatlari tajribalari o‘rganilib, O‘zbekiston sudyalariga xalqaro amaliyot bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Sudyalar malakasini oshirish xalqaro tashkiloti (IOJT)ning Ottava shahrida o‘tgan konferensiyasida Sudyalar oliy kengashi ushbu xalqaro tashkilot a’zoligiga qabul qilindi.

IOJT o‘z  faoliyatini xalqaro va mintaqaviy konferensiyalar va tajriba almashinuvlar orqali amalga oshiradi. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash ishlarini tashkil etish va rivojlantirish strategiyalarini muhokama qilish, samarali o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshirish, o‘qitish metodikasini takomillashtirish  xalqaro tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

Singapurda o‘tkazilgan "Sud tizimiga ishonchni mustahkamlash" mavzusidagi xalqaro konferensiyada kengash a’zolari ishtirok etib, Sud boshqaruvi xalqaro assotsiatsiyasiga (IACA) a’zo bo‘ldi. IACA sud tizimini boshqarish bo‘yicha mutaxassislarni birlashtirib, sudlar mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan tashkilotdir. 

Singapurda o‘tkazilgan konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasi Sudyalar klubi va sud tizimida sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazdi. Bu borada O‘zbekiston, AQSH, Xitoy, Singapur, Braziliya va Janubiy Koreya delegatsiyalari bilan hamkorlikda xalqaro hujjat loyihasini ishlab chiqish uchun ishchi guruh tuzildi.

2024 yilda Ispaniyada Sudyalar bosh kengashi va Sudyalar maktabi faoliyati o‘rganildi. Sudyalarni tayyorlash, sudyalar korpusini shakllantirish va ularning uzluksiz ta’limi masalalari bo‘yicha tajriba almashildi.

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Anqarada  Sudyalar kengashlari vakillaridan iborat ishchi guruh yig‘ilishida, Istanbulda esa Sudyalar kengashi raislari va vakillari yig‘ilishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Kengash mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Qozog‘iston Sudyalar oliy kengashi bilan o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Ostonada sudyalar faoliyati samaradorligini elektron reyting baholash tizimi va Sudyalar klubi haqida taqdimotlar o‘tkazildi.

Kengashga tashrif buyurgan delegatsiyalar hamda xorijiy ekspertlar joriy etilgan axborot texnologiyalari, jumladan, Sudyalar faoliyatining samaradorligini elektron reyting baholash milliy tizimi, Sudyalar klubining onlayn forumi, elektron imtihon dasturi, “Psixologik test” elektron dasturi to‘g‘risida ijobiy fikrlar bildirib, bu kabi dasturlar dunyoda yagona hisoblanishini e’tirof etdi.

O‘zbekiston Respublikasi sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirishda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylanmoqda. Sudyalar oliy kengashi bu yo‘nalishda xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Sudyalar oliy kengashining xalqaro hamkorligi O‘zbekiston sud tizimining rivojlanishida muhim o‘rin tutmoqda. Hamkorlik natijasida sud tizimida ochiqlik, shaffoflik va samaradorlik oshadi. Bu esa, fuqarolarning sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. 

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston sud tizimining global integratsiyasini ta’minlash uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda?