11 oktyabr – Xalqaro qizlar kuni

Keyingi 4-5 yillar mobaynida mazkur yo‘nalishdagi ishlar, shubhasiz, yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzurida  hamda Qonunchilik palatasida Yoshlar parlamenti tuzildi.  

Mamlakatimizda ilk bor ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlarni davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalarga qabul qilish tizimi joriy etildi.  

Mazkur yangi tartib asosida 2020 yilda 950 nafar, 2021 yilda 2030 nafar ehtiyojmand oiladagi xotin-qiz davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab “Qizlar uchun maxsus stipendiya”lar joriy qilinmoqda, ushbu rag‘bat “a’lo" baholarga o‘qiyotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishidan qat’i nazar, oyma-oy tayinlangan stipendiyaga qo‘shimcha bazaviy stipendiya miqdorida ta’sis etilmoqda. Mazkur stipendiya sohiblari oliy ta’lim muassasalarining stipendiya komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida aniqlanadi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bir vaqtning o‘zida ikki va undan ortiq farzandi O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olayotgan oilalarning farzandlariga tijorat banklari tomonidan imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilishi nazarda tutilmoqda.

Bunda imtiyozli ta’lim kreditlari uchun resurslar Respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda (12 mln 250 ming so‘m) to‘lab beriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida, barcha oliy ta’lim muassasalarida xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahat kengashi tuzilgan.  

Andijon mashinasozlik instituti va Farg‘ona davlat universitetida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan turmushga chiqib, farzandli bo‘lgan talaba qizlar uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti (bog‘cha) tashkil qilindi. Ushbu ezgu tashabbus boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari hisobidan o‘qitish tartibi joriy etildi.

Bunda o‘qish uchun to‘lov pullari  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yili 100 nafardan xotin-qiz uchun mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan, moliyaviy barqaror davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning kengashlari qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qiz uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Bu, albatta, xotin-qizlarimizdagi oliy ma’lumotli bo‘lishiga, hayotda o‘zining munosib o‘rnini topishiga e’tiborning yuksak namunasidir.

bugungi kunda 368 nafar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari mamlakatimizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosib hissa qo‘shmoqda.

Har bir tuman (shahar), mahallalarda qizlarning iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida “Bibixonim maktablari” tashkil etildi. “Bibixonim maktablari”ga 124 783 nafar qiz jalb etildi. Ushbu tuzilma qizlarning nafaqat yetakchilik va tashkilotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishga, balki ularda muomala madaniyati va notiqlik mahoratini rivojlantirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni singdirishga xizmat qilmoqda.

Umumta’lim muassasalarida o‘quvchi qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini va kasb-mahoratini oshirish maqsadida “Qizlarjon” klublari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, unga 38 ming nafar o‘quvchi-qiz qamrab olingan. 120 nafar o‘quvchi-qiz klubning faol liderlari sifatida saralab olingan.  

Har yili an’anaviy o‘quvchi qizlar sammitlari o‘tkazilmoqda. 10 mingga yaqin o‘quvchi qizlar orasida “Tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida ma’rifiy tadbirlar tashkil qilinmoqda.  

Umumta’lim muassasalarida “Mohir qo‘llar” klublariga 491 359 nafar qiz qamrab olingan.  

Respublikadagi umumta’lim maktablaridagi tasviriy san’at, musiqa, sport, axborot texnologiyalari, kasbga yo‘naltirish  to‘garaklari va kitobxonlik klublariga jami 1,3 mln. nafar o‘quvchi-qiz jalb etilgan.

Iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalari va qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, rahbarlikka tayyorlash bo‘yicha idoralararo hamkorlik mexanizmi yaratildi.

2011 yili BMT Bosh assambleyasida Xalqaro qizlar kuniga  asos solingan bo‘lib, joriy yilning 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi,  Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi, Innovatsion rivojlanish, Madaniyat, Turizm va sport vazirliklari, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda butun dunyoda nishonlanadigan “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston qizlari: hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari” mavzusida Respublika forumi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda qizlarning puxta bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tarbiyali, yuksak ma’naviyatli bo‘lib unib-o‘sishlari, qolaversa, ularni katta hayotga, turmushga tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.  

Forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad  mamlakatimizda qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganish  imkoniyatlarini kengaytirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish, iqtidorli qizlarning ijodiy faoliyatlarini ommalashtirish, yuksak axloqli, ma’rifatli va milliy qadriyatlarga hamda ona Vatanga sodiq qizlar safini kengaytirishdan iborat.  

Shu bilan birga, forum davomida qizlarning muomala madaniyatini oshirish va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bugungi islohotlarda ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.  

Forum doirasida yosh olima xotin-qizlar o‘rtasida ilmiy konferensiya, iqtidorli qizlarning turli sohalardagi ijod namunalari ko‘rgazmasi, noyob va innovatsion g‘oyalar namoyishi, san’at sohasida muvaffaqiyatlarga erishgan qizlarning musiqiy chiqishlari, ijodkor qizlar mushoirasi, qizlar uchun motivatsion trening mashg‘ulotlari, “Qizlarjon klubi”, “Bibixonim maktablari”ning mashg‘ulotlari, fan olimpiadalari g‘oliblari, chempion va yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan qizlar, rahbar ayollar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.  

Forum doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘tkazilgan ilmiy konferensiya, Olimpiya zaxiralari kollejida o‘tkazilgan sport musobaqalari, Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham qizlar hayotida, ularning faolligini yanada oshirishda, ayniqsa, qizlar bilan amalga oshiriladigan ishlar samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir.

Tadbir yakunida forumda faol ishtirok etgan ishtirokchi qizlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlar respublikamizning barcha tuman va shaharlarida davom etmoqda.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston qizlari: hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari muhokamada