O‘zbekiston Prezidenti Gruziya qahramonlarini xotirladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga davlat tashrifi doirasida 3-iyul kuni Tbilisi shahridagi Qahramonlar maydoniga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Mamlakatimiz yetakchisi Gruziya birligi uchun halok bo‘lgan qahramonlar yodgorligi poyiga gulchambar qo‘ydi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Gruziya davlat madhiyalari yangradi.




