O‘zbekiston Prezidenti Gruziyaga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga keldi.
Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Gruziya Bosh vazirining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Bugun Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Ertaga, 3-iyul kuni O‘zbekiston yetakchisi Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.



