Avval xabar berganimizdek, futbol bo‘yicha Osiyo qit’asida Jahon chempionati 3-saralash bosqichining uchta guruhida 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Saralashning “A” guruhida o‘tkazilgan uchrashuvlarda BAA – O‘zbekiston 0:0, Qatar – Eron 1:0 va KXDR – Qirg‘iziston 2:2 hisobidagi natijalar qayd etldi. Ushbu uchrashuvlar yakunidan so‘ng, mazkur guruhda  Eron 20 ochko bilan birinchi o‘rinda qoldi. O‘zbekiston termasi esa 18 ochko jamg‘arib, muddatidan avval Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamizga turli yo‘llar bilan qarshilik qilishni istagan BAA termasi 14 ochko bilan uchinchi o‘rinda qoldi. Qatar kutilmagan muvaffaqiyatdan so‘ng, 13 ochko bilan 4-o‘rinini yanada mustahkamladi. Darvoqe, BAA va Qatar termalari endi 4-saralash bosqichda dunyo birinchiligi uchun yana bir saralashda o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.  Qirg‘iziston  6, KXDR 3 ochko bilan keyingi pog‘onadan o‘rin oldi va bu galgi mundialdan quruq qoldi.

Endi 10 iyun kuni O‘zbekiston – Qatar, Qirg‘iziston – BAA va Eron KXDR terma jamoalari so‘nggi tur uchrashuvlarini o‘tkazadi.  Ushbu uchrashuvlar shunchaki shunchaki rasmiyatchilik uchun o‘tkaziladi.  

“B” guruhida Janubiy Koreya safarda Iroqni 0:2 hisobida taslim etdi va 19 ochko bilan jahon chempionatining final bosqichiga yo‘l olgan bo‘lsa, Iordaniya safarda O‘monni 3:0 hisobida taslim qildi hamda 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ushbu uchrashuvlarda mag‘lub bo‘lgan Iroq 12, O‘mon 10 ochko bilan 3-4 pog‘onalarda qayt etildi. Kuvayt mehmoni bo‘lgan Falastin 2:0 hisobidagi muvaffaqiyat samarasida 9 ochko bilan 5 o‘ringa ko‘tarilib, saralashning 4-bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Aksincha Kuvayt esa bundan holatni qo‘ldan boy berdi 5 ochko bilan oxirgi o‘rin bo‘ldi.

Bu guruhning oxirgi turida  Falastin – O‘mon, Iordaniya – Iroq,  Janubiy Koreya – Kuvayt uchrashuvlari tashkil etiladi. Bu bahslarda Falastin terma jamoasi uchun g‘alaba suv va havodek zarur bo‘lsa, Iroq va O‘monni durang ham qanoatlantiradi. 

Saralashning “S” guruhida 9-tur uchrashuvlari kutilmagan natijalar bilan yakunlandi. Jumladan, Avstraliya o‘z maydonida Yaponiyani 1:0 hisobida taslim etdi, Bahrayn  mehmoni bo‘lgan Saudiya Arabistoni 0:2 hisobidagi g‘alaba bilan uyga qaytgan bo‘lsa, Indoneziya 1:0 hisobida Xitoyni taslim qildi.

Natijada, 8-turda mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Yaponiyaning ochkosi 20 taligicha qoldi va keyingi turda kutilmaganda 12 ochko iblan 4-pog‘onada borayotgan Indoneziyaga mag‘lub bo‘lsa ham ushbu ochko bilan guruh yetakchisi sifatida qoladigan bo‘ldi. Avstraliya muhim g‘alabadan so‘ng 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi va mundialga yo‘l oldi. Biroq 10-turda 13 ochko bilan ayni damda 3-pog‘onani egallab turgan Saudiya Arabistoni avstraliyaliklarni 9 ta gol farqiga ko‘ra, yenga olsa ushbu yo‘llanmani ilib ketadi.  

Afsuski, Bahrayn va Xitoy 6 ochko bilan guruh autsayderi sifatida jahon chempionatiga chiqish imkoniyatidan quruq qoldi. Bu jamoalar 10 iyun kuni shunchaki muxlislar uchun maydonga tushadigan bo‘ldi.  

Shu tariqa,  Osiyo qit’asida Jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-tur yakunlariga ko‘ra 2026 yilda AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Iordaniya chiqdi. O‘tgan turda Yaponiya va Eron bunday baxtga sazovor bo‘lgandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston muddatidan avval mundialga chiqqan saralashda 9-tur uchrashuvlari yakunlandi