O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarini birodarlikning o‘ziga xos rishtalari bog‘lab turadi. Asrlar mobaynida yonma-yon yashab, ular tarixiy ma’naviy ildizlar, madaniyat, an’anaviy odatlar uyg‘unligi bilan bog‘langan. 

Respublikamizda barcha millat va elatlar qatori, tojik madaniyati rivojiga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Hozir Tojikistonda ham ko‘plab o‘zbeklar istiqomat qilib, qardosh yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoqda. Tojiklar zaminida O‘zbekistonning milliy va madaniy qadriyatlari shakllangan, bugun shu rishtalar yanada rivoj topayotgani haqiqat. 

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-19-aprel kunlari davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘ldi. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida Tojikiston Respublikasida 15-20-aprel kunlari “O‘zbekiston madaniyati kunlari” va uning doirasida Dushanbe shahrida “O‘zbekiston va Tojikiston ijodkor va ilmiy ziyolilari anjumani”, o‘zbek va tojik san’at ustalari ishtirokida Do‘stlik konserti tashkil etildi. 

Ikki davlatning taniqli san’atkorlari va yosh ijodkorlarining qo‘shma Do‘stlik konsertini o‘tkazish an’anaga aylangan. Masalan, 18-aprel kuni poytaxtdagi muhtasham “Kohi Borbad” saroyida navbatdagi konsert dasturi tashkil etildi. Unda ikki davlat rahbarlari ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ikki tomonlama keng qamrovli madaniy hamkorlik tizimli rivojlanmoqda. Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida shu kunlarda qo‘shni davlatda bo‘lib o‘tayotgan madaniyat kunlari doirasida “O‘zbek kinosi kunlari” ham tashkil etilgan.

“O‘zbek kinosi kunlari” davomida filmlar namoyishi, o‘zbekistonlik kinorejissyor va aktyorlarning mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlari, ikki davlat kino sohasiga ixtisoslashgan muassasa rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ikki davlatning kino san’ati namoyandalari ishtirok etgan mazkur tadbirning tantanali ochilish marosimida 1964-yil “O‘zbekfilm” kinostudisida suraptga olingan “Ulug‘bek yulduzi” badiiy filmi namoyish etildi. Mazkur kinokartinada bosh rollardan birini Tojikiston xalq artisti Hoshim Gadoyev ijro etgan. Tadbirda taniqli san’atkor ushbu filmning surtga olinishi bilan bog‘liq qiziq voqealarni yodga oldi.

O‘zbek kinofilmlari namoyishi nafaqat poytaxt Dushanbe, balki Tojikistonning Hisor, Vahdat, Varzob singari tuman va shaharlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Madaniy aloqalarni mustahkamlashga bag‘ishlangan, shuningdek san’at ixlosmandlari uchun tashkil etilayotgan tadbirlarimizdan hozircha shu yangiliklar. Bizni kuzatib boring.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QyPCT0JhTnI" title="Dushanbeda “O‘zbekiston madaniyati kunlari”" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston madaniyati kunlari”. Do‘stlik konserti. “O‘zbek kinosi kunlari” – Dushanbeda qator tadbirlar o‘tkazilmoqda (+video) 