Bugun, 25 sentyabr kuni futbol bo‘yicha mamlakatimiz kubogining yarim final bosqichi o‘tkaziladi. Unda “Paxtakor” – “Dinamo”, “Buxoro” –“So‘g‘diyona” klublari raqobatlashadi. Ushbu o‘yinlar soat 18:00 da boshlanadi.
Yarim final o‘yinlarining markaziy bahsi Toshkentdagi “Jar” stadionida “Paxtakor” – “Dinamo” o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu to‘qnashuv oldidan jamoalarning kubok bahslaridagi o‘zaro o‘yinlar statistikasini e’tiboringizga havola etamiz. Jamoalar kubok bahslarida hozirga qadar turli bosqichlarda o‘zaro 6 marotaba raqobatlashgan va “Paxtakor” uch g‘alaba, ikki durang natija qayd etgan. Faqatgina bir o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan. Mazkur bellashuvlarda “sherlar” 18 marta gol urib, o‘z darvozasidan 10 to‘p olib chiqqan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA