🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

O‘zbekiston kubogi: "Paxtakor" hamda "Navbahor" chorak finalga yo‘l oldi

O‘zbekiston kubogi: "Paxtakor" hamda "Navbahor" chorak finalga yo‘l oldi
Sport
Tanlaş
10:33 / 03.07.2025

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslarining nimchorak final bosqichi yakunlandi. Chorak final ostonasidagi so‘nggi uchrashuvlarda "Paxtakor" – "Olimpik-MobiUz" va "Xorazm" – "Navbahor" jamoalari o‘zaro to‘qnashdi.

Poytaxtimizda o‘tkazilgan "Paxtakor" va "Olimpik-MobiUz" jamoalari bellashuvi 2:1 hisobida o‘z yakuniga yetgan bo‘lsa, "Navbahor" safarda "Xorazm" ustidan 3:1 hisobida zafar quchdi. Mazkur g‘alabadan so‘ng "Paxtakor" hamda "Navbahor" chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Shu tariqa, joriy yilgi kubok bellashuvlarining 1/4 final bahslarida "Dinamo", "Sho‘rtan", "Bunyodkor", "Mash’al", "So‘g‘diyona", "Buxoro", "Paxtakor" va "Navbahor" klublari ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Endi ushbu jamoalar qur’a natijasiga ko‘ra, yarim final bosqichiga chiqish uchun kuch sinashadi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Muallif: javohirtoshxujayev