O‘zbekiston kubogi 1/8 finaliga 2-iyun kuni qur’a tashlanadi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining guruh bosqich uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi va unda 1/8 final bosqichiga yo‘l olgan 16 ta klub nomi aniq bo‘ldi.
Jumladan, OKMK, “G‘azalkent”, “So‘g‘diyona”, “Neftchi”, “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Surxon Termiz” va “Andijon” klublari o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan xolda nimchorak finalga chiqdi.

Ular ortidan esa “Paxtakor”, “Qo‘qon-1912”, Lokomotiv”, “Olimpik Mobiuz”, “Guliston”, “Buxoro”, “Xorazm” va “Nasaf” kabi jamoalar 1/8 final ishtirokchisiga aylandi.
Mamlakat kubogining pley-off bosqichiga 2-iyun kuni soat 19:00 da qur’a tashlanadi. Jarayon Professional futbol ligasi sahifalari orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA