O‘zbekiston kubogida bugun 1/8 final bahslari start oladi
Bugun, 29-avgust kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichiga start beriladi. Kun dasturidan ikki uchrashuv o‘rin olgan.
Dastlab «Surxon» o‘z maydonida «Guliston»ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi.
Kunning markaziy bahsi esa Farg‘onada bo‘lib o‘tadi. Mahalliy «Neftchi» amaldagi kubok sohibi «Paxtakor»ga qarshi maydonga tushadi. Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida o‘tkaziladigan uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.
Jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston kubogi doirasida 15-marta o‘zaro bahslashgan. Ularning 12 tasida «Paxtakor» g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 uchrashuvda «Neftchi» ustun kelgan. Kubok finallaridagi beshta to‘qnashuvning to‘rttasida ham «Paxtakor» g‘olib chiqqan. Jamoalarning 2002-yilgi finaldagi bahsi esa 6:3 hisobida «Paxtakor» foydasiga yakunlangan.

1/8 finalning qolgan ikki uchrashuvi ertaga — 30-avgust kuni o‘tkaziladi. Unda «So‘g‘diyona» — «QMU Jayxun» va «Navbahor» — «Nasaf» jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Qolgan uchrashuvlar 15 va 16-sentabr kunlariga belgilangan.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA