Bugun 25 sentyabr kuni poytaxtimizdagi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov kongressi bo‘lib o‘tadi.
Hisobot-saylov kongressida 2021 yil 19 iyunda o‘tkazilgan navbatdan tashqari kongress bayonini tasdiqlash, tasdiqlangan mustaqil qo‘mitalar va huquqiy organlarning faoliyatini samarali tashkil etish, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbarlari va ijroiya qo‘mita a’zolarini saylash kabi qator masalalar ko‘rib chiqildi.
O‘FA Saylov qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitob natijalariga ko‘ra, nomzodlarning ro‘yxati shakllantirildi.
Bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov kongressida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A. Azizov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari R. Ermatov O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimiga qayta saylandi.
Yig‘ilish davomida mamlakatimizda millionlar o‘yini bo‘lgan futbolni yanada rivojlantirish borasidagi qator masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Tegishli xulosalar chiqarildi. Mutasaddilarga soha taraqqiyoti bo‘yicha zarur yo‘l-yo‘riqlar berildi.
T. Ro‘ziyev,
O‘zA