Inson hayotida har bir davrning o‘ziga yarasha o‘rni bo‘ladi. Talabalik davri ham ana shunday unutilmas va betakror xotiralarga to‘la bo‘lgan umrimizning bahoridir.

Bu davrning betakrorligini universitetni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘yganimizda, fikrlashimiz, dunyoqarashimiz kengayganida yanada teranroq anglay boshlaymiz. Har bir talaba hayotida bo‘lganidek, mening ilmiy-ijodiy faoliyatimda ham o‘zim tahsil olgan va joriy yilda tabarruk 70 yoshini nishonlayotgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ham alohida ahamiyati bor. Bugungi kunda universitetimizda o‘z kasbiga fidoyi, o‘z yurti, vatani shonu-shuhrati rivojiga hissa qo‘shayotgan jonkuyar insonlar ilmiy faoliyat olib bormoqda.

Mamlakatda sog‘lom turmush tarzi asoslarini shakllantirish, keng aholi qatlami orasida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini ta’minlash, malakali kadrlarni tayyorlash va davlatimizning dunyo sport arenalaridagi nufuzini yanada oshirishda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining alohida o‘rni bor.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mamlakatimizda sport bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis murabbiylarni tayyorlaydigan yagona tayanch oliy ta’lim dargohi hisoblanadi. Jismoniy tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoj, mahalliy xalq orasidan jismoniy tarbiya xodimlarini tayyorlashga bo‘lgan zarurat tufayli 1935 yilda Toshkentda jismoniy tarbiya texnikumi ochildi. 

Ammo jamiyatda yigit-qizlarning muntazam sport-sog‘lomlashtirish bilan shug‘ullana boshlagani mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Jismoniy tarbiya harakatini takomillashtirish, sifat jihatdan tamomila yangi mutaxassislar avlodini tarbiyalash, mahalliy xalq vakillarining sport musobaqalarida faol ishtirokini ta’minlash zarurati bois 1955 yil hukumatning tegishli farmoyishiga asosan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti tashkil etildi. 

Dastlabki yillarda 122 nafar talaba tahsil olgan bo‘lsa, 1980-yillarga kelib 2600 nafarga yaqin talabalar o‘qiy boshladi. Istiqlol sabab institutda o‘quv-uslubiy jarayonni yaxshilash, mahalliy aholi orasidan malakali, oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash asnosida jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish harakatining ommaviyligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Institutning dastlabki bitiruvchi talaba-qizlari orasidan O.Rixsiyeva, D.Sharipova, K.Shakirjanovalar professor, M.Ro‘ziqulova, M.Tursunova, Yu.Yunusovalar fan nomzodi ilmiy darajalariga erishgan. Mamlakat miqyosida sport-sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish, sport muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ko‘ngilli sport jamiyatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda mas’ul sifatida S.Ro‘ziyev, E.Aminov, I.Ibragimov, O.Nazirov, Ye.Kulkov, Sh.Najimov, N.Jaminov, K.Yusupov, I.Baraban, H.Rafiyev, Sh.Usmonov, U.Valiyev, D.Toshpo‘latov, N.Saidovlarning xizmati tahsinga loyiqdir. Universitet bitiruvchilari A.Otayev, Sh.Xonkeldiyev, D.Sharipova, I.Qo‘shbaxtiyev, H.Botirov, M.Jukov, A.Istomin, X.Rajabov, S.Rasulov, H.Rafiyev, M.Toshpo‘latov, Yo.Xudoyberdiyevlar jismoniy tarbiya va sport tizimida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirib, o‘quv-uslubiy jarayonni yaxshilashga xizmat qilganlar. Universitetda tahsil olgan A.Abduhamidov, G.Arzumanov, P.Boyaroglo, L.Vinner, M.Jukov, Yu.Zelenin, R.Isyanov, S.Najafaliyev, E.Saidov, M.Sirotenko, A.Ablayev, L.Velichko, A.Izranlov, A.Ilov, D.Kavulov, R.Kazakov, G.Kaletkin, M.Beshaboyev, F.Abdurahmonov, A.Absattorov, P.Abdurazzoqov, V.Avanesov, L.Ayranetyani, R.Akromov, V.Korbut, Yu.Parfyonov, A.Ro‘ziyev, M.Tojiyev, O.To‘ymurodov, V.Shvedukslar birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan trener unvoniga sazovor bo‘lishgan.

2018 yil universitet tarixida tub o‘zgarish va yangilanish davri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport instituti negizida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etildi.

Universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, xalqaro standartlar va kadrlar tayyorlashning ilg‘or tajribasi asosida tegishli yo‘nalish hamda mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni yanada optimallashtirish, sport sohasiga oid ta’lim resurslarini muntazam yangilab borish, tizimli asosda pedagogik va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish, sport muammolarini qamrab olgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilm dargohining xalqaro reytingi va raqobatbardoshligini oshirish uchun xorij fuqarolarining ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish, sport turlari bo‘yicha sport va jamoalarning tayyorgarlik dinamikasi hamda rivojlanish istiqbollarini belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 331-sonli qarori yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

2018 yildan boshlab universitetda katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, o‘quv va o‘quv-uslubiy yo‘nalishda iqtisodiyot tarmoqlari talabi asosida 8 ta yangi ta’lim yo‘nalishlari tashkil etildi.

“Adaptiv jismoniy tarbiya va sport”, “Sport tadbirlarini tashkil etish” va “Qishki sport turlari” kafedralari tashkil etildi. Universitetning Nukus va Farg‘ona filiallari hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqotlar instituti tashkil etildi.

2024 yil universitet hayotida tub burilish va islohotlarni boshlab berdi. Ilm dargohiga shu maskan bitiruvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, nufuzli Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasini tayyorlashga bevosita xizmat qilgan murabbiy, pedagogika fanlari doktori, professor Rashid Matkarimov rahbar etib tayinlangach, “Adolat, oshkoralik, shaffoflik, haqqoniylik” tamoyiliga asoslangan holda ta’lim sifati tubdan o‘zgartirildi. 

Eng avvalo, universitet ta’lim tizimidagi korrupsiya holatlariga butunlay barham berish maqsadida fakultet dekanatlari tizimi bekor qilindi. Uning o‘rniga barcha hujjatlari elektron shaklga o‘tkazilgan “ofis registrator” tizimi joriy etildi. O‘z-o‘zidan dekan va dekan o‘rinbosarlari, dekanat uslubchilari kabi lavozimlar qisqartirildi. Talabalar bilan ishlash bo‘limi faoliyati yangi tizimga o‘tkazildi. Ta’magirlik holatlariga chek qo‘yildi. 

Ikkinchidan, universitetda ta’lim tizimini tubdan yaxshilash, professor-o‘qituvchilar va talabalarga munosib sharoit yaratish, o‘qitiladigan fanlar tizimini dunyoning rivojlangan sport ta’limi jarayoniga yaqinlashtirish maqsadida ham keng ko‘lamli ishlar yo‘lga qo‘yila boshlandi. Rossiya, Belarus, Litva, Turkiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya kabi 60 dan ziyod mamlakatning oliy ta’lim muassasalari bilan mustahkam ilmiy-amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Birgina Turkiya Respublikasi elchixonasi hamkorligida bepul turk tili o‘qitish kurslari tashkil etildi. Unda tahsil olayotganlardan 3 nafari tegishli darajadagi sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi. Yaqin kunlarda Koreya Respublikasi ko‘magida koreys tilini bepul o‘qitish ham yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Hayotda har bir insonning yuragida alohida o‘rin egallaydigan, unga ilhom beradigan, orzular sari yetaklaydigan joy bo‘ladi. Mening hayotimda bu joy — mening universitetim. Bu maskan meni faqatgina bilim bilan emas, balki mustahkam iymon, qat’iyat va orzularimga yetishish yo‘lidagi ishonch bilan qurollantirgan muqaddas dargohdir. Chunki u meni shakllantirmoqda, jamiyatga kerakli inson sifatida tayyorlamoqda.

Shuning uchun ham men universitetim bilan faxrlanaman. U mening bilim maskanim, orzularimning tayanchi va hayotimdagi eng muhim bosqichdir. Qayerda bo‘lishimdan qat’i nazar, har doim universitetim nomini ulug‘lashga, uning sharafini himoya qilishga tayyorman.

Ozoda AKBAROVA,

O‘zbekiston davlat jismoniy

tarbiya va sport universiteti

5-bosqich talabasi

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti – 70 yoshda