Özbekiston – Ömon: erişilgan kelişuvlar ijrosida parlament aʼzolari masʼul böladi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi öz işini boşladi. Unda bir qator qonun loyihalari, şuningdek, parlament nazorati faoliyatiga oid masalalar muhokamasi rejalaştirilgan.
Majlis avvalida Qonunçilik palatasi Spikeri N.Ismoilov davlatimiz rahbarining Ömon Sultonligiga taşrifi haqida töxtaldi:
– Uşbu taşrif Özbekiston va Ömon örtasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni izçil kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, taşrifning dastlabki kunida davlatimiz rahbari Ömonning yetakçi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi. Ikki mamlakat tadbirkorlari örtasida töğridan-töğri muloqotni taʼminlaşda yangi taşkil etilayotgan Özbekiston – Ömon işbilarmonlar kengaşi faoliyati muhimligi taʼkidlandi. Şuningdek, ikki davlat örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaş, köpqirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga qöşgan ulkan hissasi uçun mamlakatimiz Prezidenti Ömon Sultonligining oliy davlat mukofoti – “Oliy Sayyid” ordeni bilan taqdirlangani taşrifning muhim voqealaridan biri böldi.
Taʼkidlaş kerakki, keyingi yillarda Ömon Sultonligi bilan parlamentlararo aloqalar ham izçil rivojlanmoqda. Şu yilning oktabr oyida Qonunçilik palatasi delegatsiyasining uşbu mamlakatga taşrifi hamda Ömon Maslahat kengaşi raisi, Ömon Davlat kengaşi raisi bilan ötkazilgan uçraşuvlarimiz Özbekiston Respublikasining parlamentlararo hamkorligida yangi imkoniyatlar oçmoqda. Parlamentlararo aloqalar qonun ijodkorligi tajribasi, iqtisodiy hamkorlikka oid huquqiy asoslar va investorlar manfaatlarini himoya qiliş kabi muhim masalalarda hamkorlikni mustahkamlaydi.
Albatta, Prezidentimizning davlat taşrifi yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlarning hayotga tatbiq etilişida parlament aʼzolari masʼul böladi. Qonunçilik palatasining Ömon Sultonligi Maslahat kengaşi bilan hamkorlik böyiça parlamentlararo guruhining navbatdagi yiğilişini ötkaziş, taşrif davomida erişilgan kelişuvlar ijrosi yuzasidan parlament nazoratini amalga oşiriş hamda imzolangan hujjatlarni milliy qonunçilikka implementatsiya qiliş masalalarini muhokama qiliş eʼtiborimizda böladi, – dedi Spiker.
M.Komilova,
ÖzA