“O‘zbekgidroenergo” AJda Navro‘z bayrami nishonlandi
Ayni kunlarda mamlakatimizda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sumalak sayillari tashkil etilmoqda.
Bugun “O‘zbekgidroenergo”da tashkil etilgan shunday tadbir xodimlar uchun bayramona muhit yaratdi.

Mas’ullar ta’kidlaganidek, bu kabi tadbirlar ko‘p ming yillik milliy va ma’naviy qadriyatlarimizning ahamiyatini tushuntirish, xalqona an’analar va badiiy adabiyotga bo‘lgan muhabbatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Har yili bahorning kelishi bilan nishonlanadigan bu bayram, oilaviy uchrashuvlar, an’anaviy taomlar va turli madaniy marosimlar bilan insonlarni birlashtiradi, Shu bois, Navro‘z milliy urf-odat va qadriyatlarning mustahkamlanishi, avlodlar orasidagi bag‘rikenglik va do‘stlikni targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega.

–Bugun Navro‘z ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Bayram doirasida milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va kitob yarmarkalari ham tashkil etildi. Bayramona tadbirlarimiz nafaqat xodimlarimiz uchun, balki ularning oila a’zolari va mehmonlar uchun ham yorqin taassurot qoldirdi. Aytish kerakki, “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatida Navro‘z bayrami ijtimoiy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lib, xodimlar orasida milliy ma’naviyat va an’analarimizga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega, – dedi jamiyat axborot xizmati bosh mutaxassisi Hulkar Jo‘rayeva.
Bayram tantanasi sumalak sayli bilan davom etdi.
N.Ziyodullayeva,
O‘zA