"Uzbekistan Airports" tashabbusi bilan yaratilgan, birinchi o‘zbek uchuvchisi Abdusamat Taymetov hayoti va Toshkent “TAPOiCh” zavodida Li-2 samolyotining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan “Taymetov. G‘alaba parvozi” hujjatli filmi Rossiyaning 89 mintaqasida o‘tkazilgan umumxalq ovoz berish natijalariga ko‘ra Ikkinchi jahon urushi haqidagi eng yaxshi film deb e’tirof etildi.

Hujjatli film urush qahramoni, birinchi o‘zbek uchuvchisi Abdusamat Taymetovning hayot yo‘li va tarixiy jasorati haqida hikoya qiladi.  

Aynan u Berlindan Moskvaga Reyxstag ustiga o‘rnatilgan Qizil bayroqni, Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lishi to‘g‘risidagi aktni hamda keyinchalik Kreml devorlari yonida yoqib yuborilgan Uchinchi Reyx bayroqlarini samolyotda yetkazib bergan.

Shunga qaramay, uchuvchining nomi ko‘p yillar davomida munosib e’tiborga loyiq bo‘lmay kelgan.

Filmning ilk namoyishi joriy yilning 12-may kuni Toshkentda yopiq formatda bo‘lib o‘tgan edi. Oxirgi olti oy ichida u qator xalqaro festival va forumlarda taqdim etilib, bir necha muhim mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

Tez orada hujjatli film mahalliy va xalqaro striming platformalarida ham namoyish etilishi rejalashtirilgan. Bu esa keng jamoatchilikka Abdusamat Taymetov merosi bilan yanada yaqindan tanishish imkonini yaratadi.

Hamroz Bayanov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek uchuvchisi haqida suratga olingan film xalqaro muvaffaqiyatga erishdi