Samarqandda o‘tkazilayotgan xalqaro gastronomik festivalda nafaqat mahalliy sayyohlar, balki xorijliklar ham ishtirok etib, o‘zbek milliy taomlaridan bahramand bo‘lmoqda.

– Bir haftadan buyon O‘zbekistonda sayohatdamiz, – deydi fransiyalik sayyoh Fransua Moriset. – Xorazm, Buxoroda bo‘ldik. Bugun Samarqandga kelib, diqqatga sazovor joylari bilan tanishmoqdamiz. Samarqand bilan tanishuvimiz gastronomik festivalga to‘g‘ri kelgani sayohatimizni yanada mazmunli o‘tishiga xizmat qilmoqda. Bu yerda butun o‘zbek taomlari kolleksiyasini ko‘rish mumkin. Surxoncha tandir go‘sht, Buxoro kabobi, oshning har xil turi, bularning barchasi bir-biridan ajoyib. Menga o‘zbek oshi ko‘proq yoqadi.Uning o‘ziga xos takrorlanmas mazasini boshqa joyda uchratmaysiz. Festivalda nafaqat mamlakatimizning turli hududlariga xos taomlar, balki, xushta’m meva-sabzavotlari bilan ham tanishish imkoniyati yaratilgani bizga ma’qul bo‘ldi.

Festival davom etmoqda.

G‘olib HASANOV, O‘zA
Alisher ISROILOV olgan suratlar

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zbek taomlari kolleksiyasidan bahramand bo‘ldik"