Özbek hunarmandlari Yaponiyada: Nara muzeyida körgazma taşkil etildi
Özbekiston va Yaponiya xalqlarini buyuk Ipak yöli davridan buyon mustahkam madaniy va tarixiy riştalar boğlab turadi. Bugungi kunda uşbu qadimiy aloqalar yangi mazmun bilan boyib, ikki mamlakat hududlari örtasidagi hamkorlik yanada faollaşmoqda.
Xususan, birodarlaşgan Samarqand va Nara şaharlari örtasidagi döstlik munosabatlari örnatilganining beş yilligi munosabati bilan özaro taşriflar va qöşma madaniy tadbirlar izçil amalga oşirilmoqda. Ana şunday muhim qadamlardan biri sifatida mamlakatimiz hunarmandlari delegatsiyasi Yaponiyaning qadimiy poytaxtlaridan biri bölgan Nara şahrida xizmat safarida böldi.
Safar doirasida «Hunarmand» uyuşmasining Samarqand viloyati boşqarmasi rahbari Umid Hakimov maşhur «Nara Craft Museum» muzeyi rahbariyati vakili Sato Nakajima xonim bilan uçraşuv ötkazdi. Uşbu muloqot nafaqat özbek milliy amaliy sanʼatini kunçiqar yurtda keng tarğib qiliş, balki ikki xalq ustalari örtasida tajriba almaşiş uçun ham yangi imkoniyatlar eşigini oçdi.

Jumladan, uçraşuvda kelgusi yil muzey ekspozitsiyasi doirasida Özbekistonda tayyorlanadigan, Yaponiyaning milliy ramzlari, tarixi va madaniy merosini aks ettiruvçi özbek amaliy sanʼati namunalari körgazmasini taşkil etiş masalasi körib çiqildi.
Mazkur taşabbus Samarqand va Nara şaharlari örtasidagi madaniy hamkorlikni yanada rivojlantiriş, özbek hunarmandlarining ijodiy salohiyatini Yaponiyada keng tarğib etiş hamda ikki xalq örtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Şuningdek, Yaponiyaning Nara şahriga taşrif davomida 1869-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan qadimiy kulolçilik ustaxonasiga taşrif buyurildi. Ustaxona rahbari Marika Mori bilan uçraşuv va muzokaralar ötkazilib, özbek va yapon kulolçilik sanʼati anʼanalarini özaro tarğib qiliş, ikki mamlakat ustalarining tajriba almaşinuvini yölga qöyiş hamda qöşma körgazma taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.
Kelgusida hamkorlik doirasida özbek va yapon kulollari tomonidan yaratilgan keramika namunalarini birgalikda namoyiş etiş, mahorat darslari va ijodiy uçraşuvlar taşkil qiliş rejalaştirilmoqda. Mazkur hamkorlik özbek va yapon kulolçilik maktablari örtasida ijodiy aloqalarni rivojlantiriş, milliy hunarmandçilik anʼanalarini xalqaro miqyosda tarğib etiş hamda ikki xalqning madaniy yaqinligini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Şu bilan birga delegatsiya aʼzolari zamonaviy qadoqlaş texnologiyalari bilan tanişiş maqsadida “Izumia Beverage Dealer” Co. Ltd kompaniyasiga taşrif buyurdi. Kompaniya rahbari Eisaku Imanişi bilan uçraşuv va muzokaralar ötkazildi. Suhbat davomida mahsulotlarni zamonaviy qadoqlaş usullari, qadoqlaşda milliy uslub va dizayn yeçimlaridan foydalaniş, mahsulotlarning taşqi körinişi hamda bozorbopligini oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Ustaxona rahbari Yoiçi Inouye bilan uçraşuv va muzokaralar ötkazildi. Taşrif davomida tarixiy buyumlar, madaniy meros obʼektlari va sanʼat asarlarini asl holatiga yaqin körinişda saqlaş hamda qayta tiklaşda qöllaniladigan anʼanaviy texnologiyalar, maxsus materiallar va ustoz-şogird anʼanalari bilan tanişildi.
Ayniqsa, zamonaviy texnologiyalar rivojlangan davrda ham qadimiy restavratsiya usullarining saqlanib kelayotgani va avloddan-avlodga ötkazilayotgani alohida eʼtiborga molik.
Kelgusida yaponiyalik hunarmandlarning Samarqandga rejalaştirilgan taşrifi birodar şaharlar örtasidagi döstlik riştalarini yanada mustahkamlab, hududlararo turizm va madaniy diplomatiya rivojiga munosib hissa qöşişi şubhasiz.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA