Mutal Burhonov tavalludining 110 yilligiga bağişlangan anjuman bölib ötdi
Özbekiston davlat konservatoriyasida Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi musiqasi muallifi, taniqli bastakor, Özbekiston xalq artisti Mutal Burhonov tavalludining 110 yilligiga bağişlangan ilmiy-maʼrifiy anjuman bölib ötdi.
Anjumanda bastakorning boy va serqirra ijodiy merosi, özbek musiqa sanʼati taraqqiyotiga qöşgan ulkan hissasi hamda milliy bastakorlik maktabi rivojida tutgan örni haqida batafsil söz yuritildi.
Mutal Burhonovning hayoti va ijodiy faoliyati, özbek professional musiqa sanʼatini yangi bosqiçga olib çiqiş yölidagi xizmatlari, simfonik, vokal-simfonik va xor asarlarining badiiy-estetik xususiyatlari atrofliça tahlil etildi. Ayniqsa, bastakor ijodida milliy musiqiy ohanglar va umuminsoniy musiqiy anʼanalarning öziga xos uyğunligi alohida eʼtirof etildi.
Anjuman iştirokçilari öz maʼruzalari va çiqişlarida buyuk bastakorning hayoti va ijodiga oid muhim maʼlumotlar bilan örtoqlaşib, uning milliy sanʼatimiz rivojiga qöşgan beqiyos hissasi, asarlarining badiiy ahamiyati va kelajak avlodlar uçun qoldirgan boy musiqiy merosining qadri xususida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Taʼkidlaş joizki, Özbekiston xalq artisti Mutal Burhonov özbek professional musiqa sanʼati tarixida öçmas iz qoldirgan zabardast ijodkorlardan biridir. Uning ijodida xor, vokal-simfonik, opera va kamer musiqa janrlari muhim örin egallaydi. Bastakorning «Alişer Navoiy» operasi, «Abadiy xotira» asari, şuningdek, «Maftunman» va «Döppi tikdim» kabi qöşiqlari milliy musiqa sanʼatimizning nodir durdonalari qatoriga kiradi.

Mutal Burhonov, şuningdek, Özbekistonda köp ovozli xor sanʼati va akapella janrining şakllanişi hamda rivojlanişiga ulkan hissa qöşgan. Uning milliy musiqa madaniyatimiz oldidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan yuksak eʼtirof etilib, bastakor «Buyuk xizmatlari uçun» va «El-yurt hurmati» ordenlari bilan taqdirlangan.
Mazkur ilmiy-maʼrifiy anjuman nafaqat buyuk bastakor xotirasini yod etiş, balki uning boy ijodiy merosini ilmiy jihatdan çuqur örganiş, asarlarini keng tarğib etiş va kelajak avlodga yetkazişda ham muhim ahamiyat kasb etdi. Şuningdek, tadbir talaba-yoşlarning milliy musiqa sanʼatiga bölgan qiziqişi va hurmatini yanada oşirişga xizmat qildi.
N.Usmonova,
ÖzA