O‘zbek boksi nimaning evaziga birinchi raqamli?(+video)
Ring — bu shunchaki ikki bokschi to‘qnashadigan maydon emas. Bu yerda kuch bilan birga xarakter, iroda va sabr ham sinovdan o‘tadi. O‘zbek boksi esa bugun nafaqat mamlakatimizda, balki dunyo miqyosida o‘z nomini tobora balandroq yangratmoqda.Olimpiya medallari, jahon va Osiyo chempionatlaridagi g‘alabalar, professional ringdagi yangi marralar — bularning ortida yillar davomida qilingan mehnat va murabbiylarning fidoyiligi turibdi.
Xo‘sh, o‘zbek boksining kuchi nimada?
Biz qanday qilib jahon boks maktablaridan biriga aylandik?
Va eng muhimi — bu muvaffaqiyatni kelajakda qanday davom ettiramiz?
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Yangiobod sport bazasida jam bo‘lgan bokschi va murabbiylarimiz bilan qiziqarli ko‘rsatuvni sizlarga taqdim etadi. Biz u yerda bo‘layotgan barcha jarayonlarni atroflicha yoritishga harakat qildik.
To‘liq videoni O‘zAning YouTube sahifamiz orqali tomosha qiling.
https://youtu.be/JZCEClmX_88
Karim Xudoyqulov, Nishonboy Abduvoitov, Oybek Davronov, Iskandar Ismatov, O‘zA