Dzyudo: Sport vaziri terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi
Shu kunlarda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari joriy yilning sentabr oyida Yaponiyada bo‘ladigan yozgi Osiyo o‘yinlari hamda oktabr oyining birinchi o‘n kunligida Ozarbayjonda tashkil etiladigan jahon chempionati musobaqalariga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.
Bugun, 21-avgust kuni sport vaziri Adham Ikromov O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi sport majmuasida nufuzli musobaqalar oldi o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarida ishtirok etib, bevosita murabbiylar va sportchilar bilan suhbatlashdi. Ularning kundalik faoliyati, ijtimoiy holati, ruhiy va jismoniy yuklamalari bilan qiziqdi.
Muloqot davomida yozgi Osiyo o‘yinlari va jahon chempionati bellashuvlari “Los-Anjeles-2028” Olimpiadasiga tayyorgarlikning muhim bosqichi ekani, shu jihatdan, federatsiya mutasaddilariga o‘quv-mashg‘ulotlar tizimini belgilangan tartibda tashkil etish, har bir dzyudochining jismoniy va ruhiy barqarorligini ta’minlashda zarur bo‘ladigan jihatlarga alohida e’tibor qaratish, oilaviy masalalarda ko‘mak berish borasida zarur ko‘rsatmalarni aytib o‘tdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA