O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazib kelinmoqda.

“O‘zagroinspeksiya” axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, sohada raqamlashtirishni qo‘llash va talab etiladigan hujjatlar hamda vaqtni qisqartirilishi hisobiga bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslarga 1 ish kunida texnikalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish imkoniyati yaratildi. 

Buning natijasida, o‘tgan yilda 10 mingdan ortiq yangi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikasi davlat ro‘yxatiga olindi. Jumladan, mazkur texnikalarning 8 mingga yaqini qishloq xo‘jaligi texnikasi va 2 mingdan ortig‘i melioratsiya va yo‘l qurilish texnikasi hisoblanadi. Yangi ro‘yxatga olingan 10 mingdan ortiq texnikalarning 60-70 foizi yuqori unumli, zamonaviy resurs tejamkor texnikalar. 

Texnikalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari inspeksiya, davlat xizmatlari markazlari va YAIDXP (my.gov.uz) orqali texnika egasi yoki uning vakili so‘rovnomasiga asosan amalga oshiriladi. 

Shuningdek, texnikalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda texnik pasport beriladigan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari hamda o‘ziyurar mashinalarni davlat ro‘yxatidan yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun – BHMning 20 foizi (66 000 so‘m) miqdorida, texnik guvohnoma beriladigan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalarini davlat ro‘yxatidan yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun – BHMning 18 foizi (59 400 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tgan yilda 8 mingga yaqin yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi davlat ro‘yxatiga olindi