Ota-onalar nega farzandiga e’tibor berolmayapti? (+video)
2025-yilda farzandlarini tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmagani uchun 200 mingdan ortiq ota-ona ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bu ko‘rsatkich avvalgi yilga nisbatan 20 foizga ko‘p. Ularning qariyb 75 ming nafari esa farzandlari bilan bog‘liq munosabatlarda salbiy xulq-atvor namoyon qilgani uchun javobgarlikka tortilgan.
IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bo‘lim boshlig‘i O‘g‘iloy Bozorovaning ta’kidlashicha, voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi, xususan, mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olishda oiladagi nazorat va e’tibor muhim omillardan biridir.

Bolaning salbiy guruhlarga ergashishi, ta’limga yetarlicha qatnashmasligi va bo‘sh vaqtining nazoratsiz qolishi esa huquqbuzarlik xavfini oshiruvchi omillar sifatida qayd etilmoqda.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil — Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova esa keltirilgan ushbu raqamlar bilan bog‘liq muammoning ko‘lamiga e’tibor qaratdi. Unga ko‘ra, statistikadagi har bir raqam ortida e’tiborga olish kerak bo‘lgan bir necha masalalar bor...

Surayyo Rahmonova shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish borasida ayni paytda qanday ishlar amalga oshirilayotgani yuzasidan to‘xtaldi.
Batafsil quyidagi videohavolada.
Mohichehra Eshmirzayeva,
Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev,
O‘zA