Prezidentning Yangi O‘zbekiston universitetiga tashrifi, quyosh panellari uchun subsidiya, bolalar himoyasi va Osiyo o‘yinlari – Qisqa xabarlar
Bugungi dasturimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrif buyurib, ta’lim islohotlari ko‘rgazmasi bilan tanishgani, Tanzila Norboyeva Belarus Milliy majlisi Raisi bilan uchrashuv o‘tkazgani va Xiva deklaratsiyasi qabul qilingani haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, dasturimizdan quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga avgust oyi uchun 105,4 milliard so‘m subsidiya ajratilgani, parlamentda voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi ko‘rib chiqilgani hamda Yaponiyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston U23 terma jamoasining Yaponiya bilan yarim final uchrashuvi va WTA turniridagi tennischilarimiz ishtiroki o‘rin olgan.
Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqubjon Meliboyev, O‘zA