Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha U17 yosh toifasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 7 ta kumush, 4 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak so‘nggi hal qiluvchi final janglarida Habibulla Saynazarov, Asilbek Abduqodirov, Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev, Diyorbek Murodilloyev, Nazokat Mardonova, Farzuna Ro‘ziyeva, Mavjuda Abdusaidova va Rushanabonu Isoyeva oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Bobomurod Boymirzayev, Abrorbek Sharipov, Xurshidbek Jo‘rayev, Shodiyona Meliqo‘ziyeva, Sabrina Chakomanova, Ulbosin Jalgasbayeva hamda Samira Turg‘unova kumush medali bilan taqdirlandi. Asadbek Esonboyev, Artur Kenesbayev, Qumriniso Muhammadova, Sohibaxon Xudoyberdiyeva kabi umidli bokschilarimiz bronza medaliga ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘smir bokschilarimiz Osiyo chempionatida 8 ta oltin medalga ega chiqdi