Toshkent viloyatining Angren shahrida joylashgan «Yangiobod» sport bazasi shu kunlarda erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar va kattalar terma jamoalari a’zolarining mashg‘ulotlari bilan band.
O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi mashg‘ulotlar Adham Ochilov va Avaz Ulaxunov murabbiyligida ostida kuniga ikki mahaldan tashkil etilmoqda.

Polvonlarimiz yangi yilda dastlab Osiyo, so‘ng jahon miqyosda o‘tadigan litsenzion musobaqada ishtirok etishadi. Mazkur turnirlar kelgusi yilning ilk choragida o‘tishini inobatga olsak, Yangiobodda o‘tayotgan yig‘in tayyorgarlik uchun katta ahamiyat kasb etadi.