Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Shu kunlarda qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida joriy yilning 23-25 avgust kunlari baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkaziladigan jahon chempionatiga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.
Kuni kecha mazkur nufuzli sport musobaqasini yuqori saviyada tashkil etish, ishtirokchi jamoalarni kutib olish, ularning xavfsizligini ta’minlash kabi qator masalalarga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Sh. Mahmudov, viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobulov va boshqa mutasaddilar jahon chempionati mamlakatimizning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Yig‘ilish davomida eshkak eshish kanalini shay holatga keltirish, ommaviy axboroot vositalari vakillari, tarjimon va volontyorlar faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratish kabi qator masalalar bo‘yicha musobaqa tashkiliy qo‘mitasi a’zolariga tegishli vazifalar yuklatildi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA