Osiyo o‘yinlari sovrindorlariga taqdim etiladigan mukofot pulllari oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, joriy Osiyo va Para Osiyo o‘yinlaridan boshlab, mazkur kompleks musobaqaning oltin medal sohiblari 25 ming, kumush medalilar 12 ming va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar 6 ming 250 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
Aytish lozimki, qarorning o‘zgartirilmagan holatida oltin medal uchun ajratiladigan miqdor 10 ming AQSH dollaridan iborat edi.
Osiyo va Para Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni tayyorlagan murabbiylarga taqdim etiladigan mukofot pullarida ham o‘sish ko‘rsatildi.
Jumladan, chempion sportchini tayyorlagan murabbiy 10 ming, kumush medal qo‘lga kiritgan sportchi ustozi 5 ming va bronzali sportchini tayyorlagan murabbiy 2 ming 500 AQSH dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi belgilandi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA