Iordaniyaning Amman shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida “World Boxing” tashkiloti tomonidan Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.
Mazkur chempionatning navbatdagi kunida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining besh nafar vakili – Dinislom Davlatyorov, Asadbek Esonboyev, Bobomurod Boymirzayev, Asilbek Abduqodirov va Sabrina Chakamanova ringga ko‘tarilib, ularning barchasi raqiblari ustidan zafar quchdi.
Bugun Osiyo chempionatida ikki nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi. Jumladan, vazni -60 kg. bo‘lgan Abrorbek Sharipov tailandlik Santi Kayevboonraungga qarshi jang o‘tkazsa, -66 kg. vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Sunnatbek Ilhomov yaponiyalik Kunimitsu Honjo bilan raqobatlashadi.


Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA