Osiyo chempionati boshqa muddatga qoldirildi
Xabaringiz bor, futbol boʻyicha 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati shu yilning 14-31-oktyabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi.

Ammo dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat hamon murakkabligicha qolayotgani bois, Osiyo futbol konfederatsiyasi qitʼa miqyosidagi yirik musobaqalarni, shu jumladan, Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Osiyo chempionatini ham keyingi yilga qoldirdi. OFK rasman bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasini ham ogohlantirdi.
Shuningdek, oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatidan soʻng, Osiyo kofederatsiyalar kubogi ham 2021-yilga qoldirildi. Bu shuni anglatadiki, yangi mavsum taqvimi qayta koʻrib chiqiladi va Chempionlar ligasi ehtimol yilning ikkinchi yarmida boshlanadi.