Orasta qiz – Parizoda
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 16-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Parizoda Ro‘ziboyeva joriy yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Orasta qizlar” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi 16-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Parizoda Ro‘ziboyeva joriy yilda maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Orasta qizlar” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.U “a’lo” baholarga o‘qish bilan birga, maktabda tashkil etilgan “Orasta qizlar” to‘garagida shaxsiy gigiyena qoidalari, kiyinish madaniyati, ekologik va tibbiy madaniyat, pazandalik, bichish-tikish kabi ro‘zg‘or yumushlarini ham puxta o‘zlashtirmoqda.