Ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan, faoliyati davomida zamonaviy metodikalarni qo‘llab kelayotgan o‘qituvchilarni aniqlash va ularning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ommalashtirish.uz platformasi tashkil etilgan.

AOKAda tashkil etilgan brifingda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning qayd etishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 7 fevraldagi tegishli buyrug‘iga asosan o‘qituvchilarning eng yaxshi metodik ishlanmalarini aniqlashning aniq va tezkor yo‘nalishlarini amaliyotga joriy etish maqsadida platforma faoliyati yanada takomillashtirildi. 

Mazkur yangi formatdagi platforma joriy yilning 1 mart kunidan ishga tushiriladi. Pedagoglar o‘z metodik ishlarini joriy yilning 1 martiga qadar, maktab pedagogik kengashiga tavsiya etishi mumkin. 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining yuqorida keltirib o‘tilgan buyrug‘i asosida “O‘qituvchilarning ilg‘or tajribasini ommalashtirish tartibi” tasdiqlangan bo‘lib, unga ko‘ra, mazkur ommalashtirish tartibi umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Prezident, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablari, maxsus maktab-internatlari, mehrli maktab o‘qituvchilariga tatbiq qilinadi va ixtiyoriy hisoblanadi. “Ommalashtirish.uz” platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun talabgorning telefon raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami kiritilishi lozim. Kiritilgan telefon raqamiga kelgan parol orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 

Ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ish tajribalar metodik qo‘llanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishida, metodik qo‘llanmaning eng kam hajmi 24 bet, metodik tavsiyaning eng kam hajmi 10 betdan iborat bo‘lishi kerak. Metodik qo‘llanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishida bo‘lmagan hamda o‘tgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar qabul qilinmaydi. 

Tanlab olingan metodik ishlar maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida ommalashtiriladi. Maktab miqyosida ommalashtirishda pedagogning metodik ishi maktabning Metod birlashmasi tomonidan muhokama qilinadi hamda ilg‘or ish tajribasiga ega deb topilgan taqdirda maktab miqyosida ommalashtirish uchun maktabning Pedagogik kengashiga tavsiya etiladi. 

Agar talabgorning metodik ishi ommalashtirishga loyiq, deb hisoblansa, Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiriladi. Shu bilan birga, keyingi bosqichlarga yuborish uchun platformaga joylashtiriladi. Tuman (shahar) va viloyat miqyosida ommalashtirishda “ommalashtirish.uz” platformasi orqali yuborilgan metodik ish tegishli fanlar bo‘yicha O‘quv metodik kengashi tomonidan o‘rganib chiqiladi. 

Bunda talabgorning metodik ishi maksimal 80 ball bilan baholanadi. 50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida, 66-80 ball bilan baholangan metodik ishlar viloyat miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun Respublika ta’lim markaziga yuboriladi. 75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi. 

Mazkur bosqichlar davomida belgilangan ballarni to‘play olmagan talabgorlarning metodik ishi asoslantirilib, “ommalashtirish.uz” platformasiga joylashtiriladi. Tuman (shahar), viloyat miqyosida ommalashtirish to‘g‘risidagi O‘quv metodik kengash qarori har yili 15 mayga qadar platformaga joylashtiriladi hamda Respublika ta’lim markazi tomonidan maxsus sertifikat beriladi. Ushbu sertifikat platforma orqali talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Uning amal qilish muddati uch yilni tashkil etadi. 

Maktab miqyosida ommalashtirilgan metodik ish uchun maktab Pedagogik kengashi qarori asos hisoblanadi va u ham uch yilga qadar amal qiladi. Respublika miqyosida ommalashtirish uchun yuborilgan metodik ishlar Respublika ta’lim markazining Ilmiy-metodik kengashi tomonidan o‘rganiladi. 86-100 ball bilan baholangan metodik ish ushbu Kengash tomonidan respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi. 

Bu haqdagi qaror har yili 30 mayga qadar “ommalashtirish.uz” platformasiga joylashtiriladi. Kengash qarorlaridan norozi bo‘lgan talabgor uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilarning eng yaxshi metodik ishlanmalari ommalashtiriladi 