2025 yil 18 fevralda «Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ-1031-son) qabul qilindi. Ushbu hujjat jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning banklardagi omonatlarini himoya qilishni kafolatlaydi.

Omonatlarni kafolatlash agentligi – vakolatli organ

Omonatlarning himoya qilinishini ta’minlash vazifasi Omonatlarni kafolatlash agentligiga yuklatilgan. Agentlik kafolatlash hodisasi yuzaga kelganda omonatchilarga kompensatsiya to‘lash orqali ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

Kafolatlash tizimining ishtirokchilari kimlar?

• Banklar, shu jumladan mikromoliya banklari va qonunchilikka muvofiq tashkil etilgan oraliq banklar litsenziya olgan paytdan boshlab kafolatlash tizimining ishtirokchisiga aylanadi.

• Bir bankda bir omonatchiga to‘lanadigan kompensatsiya omonat qoldig‘ining to‘liq hajmini tashkil etadi, agar:

• Omonat 200 million so‘m yoki undan kam bo‘lsa, uning to‘liq summasi kafolatlanadi.

• Agar omonat 200 million so‘mdan ortiq bo‘lsa, kompensatsiya miqdori 200 million so‘m etib belgilanadi.

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Omonatlarni kafolatlash miqdori 200 million so‘mgacha belgilandi