Poytaxtimizdagi Milliy kino saroyida "OLTIN HUMO - 2024" milliy kino mukofotini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bu loyiha O‘zbekiston kino san’ati ustalari va muxlislari uchun eng muhim tadbirlardan sanaladi. Har yili o‘tkaziladigan ushbu milliy kino mukofoti eng iste’dodli rejissyorlar, prodyuserlar, aktyorlar, ssenarist hamda barcha ijodiy jamoani bir joyga jamlagani bilan diqqatga sazovor. 

Ushbu ijodiy loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad kino sohasidagi eng yorqin yutuqlarni taqdirlash va o‘zbek kinematografiyasidagi zamonaviy tendensiyalarga haqqoniy baho berishdan iborat. Ayni paytda milliy kinotaqdimot marosimi shunchaki tantanali tadbir emas, balki kino san’atining mamlakat hayotidagi o‘rni va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonidir. 

Tantanali tadbir O‘zbekiston Kinematografiya agentligi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi va O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. 

[gallery-21057]

O‘zbekiston kinematografiya agentligi bosh direktori, adabiyotshunos olim Shuhrat Rizayev mamlakatimizda milliy kino san’ati rivoji Prezident Shavkat Mirziyoyevning doimiy e’tiborida ekanini e’tirof etdi. Ayni e’tibor turli ijodiy loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida alohida ahamiyat kasb etmoqda. 

Bu yil hakamlar hay’ati tarkibiga «Qirg‘izfilm» kinostudiyasi direktori Aqjol Bekbolotov, Xitoy kino assotsiatsiyasi xalqaro aloqalar qo‘mitasi raisi Gu Gotszin, “7 TH Art IFD” ijrochi direktori va xalqaro kino bozori eksperti Alirizo Shahruxi, “Qo‘rqut ota” kinofestivali ijrochi direktori Ihson Kabil va «Kazaxfilm» kinostudiyasi bosh muharriri Bekbulat Shekerov kabi nufuzli xalqaro ekspertlar, mutaxassislar va kino sohasi bilimdonlari kiritildi. 

Ular quyidagi nominatsiyalarda bo‘yicha g‘oliblarni aniqladi: 

• Eng yaxshi hujjatli film – “Shamol odamlari” hujjatli kartinasi; 

• Eng yaxshi animatsion film – “Beruniy sarguzashtlari”; 

• Eng yaxshi ovoz rejissyori – Abduqahhor Karimov “Sevdo” filmi uchun; 

• Eng yaxshi kino kompozitori – Doniyor Agzamov “Bahodir Yalangto‘sh” filmidagi musiqiy asari uchun; 

• Eng yaxshi grafika ishi – Lazizxon G‘aniyev – “Bahodir Yalangto‘sh” filmi uchun; 

• Eng yaxshi montaj ishi – Temur Kiyasov – “Uch qahramon” filmi uchun; 

• Eng yaxshi grimm rassomi ishi – Mahbuba Esonova, Rimma Voronova – “Bahodir Yalangto‘sh” filmi uchun; 

• Eng yaxshi liboslar bo‘yicha rassom – Zuhra G‘aniyeva – “Bahodir Yalangto‘sh” filmi uchun; 

• Eng yaxshi rassom ishi – Qazaqbay Xojamuratov, “Ajiniyoz” filmi uchun; 

• Eng yaxshi ssenariy – Hasan Toshxo‘jayev, Bahodir Ahmedov – “Bahodir Yalangto‘sh” filmi uchun; 

• Eng yaxshi operatorlik ishi – Azizbek Normatov – “Uch qahramon” filmi uchun; 

• Eng yaxshi debyut ishi – Jamshid Narziqulov “House” hujjatli filmi uchun; 

• Eng yaxshi film - “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmi 

• Eng yaxshi ayol roli – Tamara Mirmaqsudova “Pandemiya” filmi uchun; 

• Eng yaxshi erkak roli – Tohir Saidov “Bahodir Yalangto‘sh” filmi uchun; 

• Hakamlar hay’atining maxsus mukofoti –“Matonat” hujjatli filmi uchun; 

• O‘zbek kinematografiyasiga qo‘shgan hissasi uchun – 

1. O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashev; 

2. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Isamat Ergashev; 

3. “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Temurmalik Yunusov; 

4. “Shuhrat” medali sohibasi Abida Nosirova; 

5. O‘zbekiston san’at arbobi Baxtiyor Nazarov. 

Tantanali tadbirda barcha nominatsiya g‘oliblariga mukofotlar topshirildi. 

Nazokat Usmonova, Rustam Nazarmatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"OLTIN HUMO - 2024" milliy kino mukofoti o‘z egalariga topshirildi 