Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy hisobotlari tahlil qilindi.

Mamlakatimizda bugungi kunda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 ming 578 tani tashkil etadi. Ularning 675 tasi faoliyatsiz, tugatish jarayonida, bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 oktyabrdagi qarori bilan davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida ushbu korxonalarning asosiy moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlari monitoringini olib borish maqsad qilingan. Unga ko‘ra, har bir korxona hisobotlarini Davlat aktivlarini boshqarish agentligi saytiga joylashtirish orqali monitoringini olib borish belgilangan.

2020 yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlar tahlili natijasiga ko‘ra, hisobot topshirgan 1 ming 903 ta korxonaning eng yuqori sof foyda olgan 20 ta va eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 ta korxona ro‘yxati shakllantirildi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, «Olmaliq kon-metallurgiya zavodi» AJ eng ko‘p sof foyda olgan korxona, «O‘ztransgaz» AJ esa zarar ko‘rib ishlagan korxona, deb topildi.

Shuningdek, Agentlik tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar moliyaviy hisobotlarini umumlashtirish maqsadida boshqa organlar bilan elektron ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati eng ko‘p sof foyda olgan korxona