Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Olmaliq KMK” AJ Sustainable Fitch reytingida yuqoriladi

2026-yil 24-fevral kuni – Xalqaro Sustainable Fitch agentligi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining barqaror rivojlanish reytingini (Entity Rating) «3» darajasida tasdiqladi va kompaniyaning umumiy baholanish mezonini (entity score) 56 balldan 59 ballga oshirdi.

Ushbu ijobiy o‘zgarish kombinatning barqaror rivojlanish strategiyasini izchil takomillashtirish, ijtimoiy, boshqaruv va ekologiya sohalarida sezilarli yutuqlarga erishish, shuningdek, kon-metallurgiya sanoatiga xos bo‘lgan atrof-muhit muhofazasi muammolarini muvaffaqiyatli bartaraf etishini aks ettiradi.

"Sustainable Fitch" ekspertlariga ko‘ra, OKMK korporativ boshqaruvining kuchli tomonlari, xatarlarni boshqarishning samarali tizimi, soliq majburiyatlarining vijdonan bajarilishi, shuningdek, kadrlar qo‘nimsizligining past darajasi alohida ta’kidlandi.

Reytingning oshishi, hattoki tarmoqning murakkab  o‘ziga xosliklariga qaramay,  kompaniya tomonidan ESG (ekologiya, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruv) ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlarining yuqori samaradorligini ko‘rsatmoqda.

OKMK Axborot xizmati