Oliver Kan: «AQSHdagi voqealar bizning qadriyatlarimizga mos kelmaydi»
«Bavariya» va Germaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni Oliver Kan AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan JCh-2026 haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Hozirda AQSHda bizning qadriyatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘plab voqealar sodir bo‘lmoqda. Bunga misol tariqasida [Erondagi] urushni keltirish mumkin.
Biroq men Donald Tramp prezidentlik lavozimiga qaytganidan beri amalga oshirgan barcha ishlarni sanab o‘tishni istamayman. Hozirda u yerga yaxshi kayfiyatda borishning imkoni yo‘q», — dedi Oliver Kan.