“Olimpiya” jamoasi fidjital futbolda Özbekiston çempioni
Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport maydonida 11 ta jamoa aqliy va jismoniy bahslarni qamrab olgan fidjital futbol böyiça Özbekiston çempionatida kuç sinaşdi.
Anʼanaviy sport va raqamli texnologiyalar uyğunligiga asoslangan fidjital futbol musobaqalari davomida 11 ta jamoaning 88 nafar aʼzosi yaşil maydonda va kompyuter qarşisida keçgan şiddatli bahslarda öz iqtidorini namoyiş etişda.

Murosasiz ötgan öyinlar natijasida “Olimpiya” jamoasi barça raqiblaridan ustun ekanligini namoyiş etib, çempionlikni qölga kiritgan bölsa, kumuş va bronza medallari “Çirçiq Olimpiya” hamda “Jizzax Ğallakor” jamoalariga nasib etdi.
Fidjital sport turlarida yangi isteʼdodlarni kaşf etişga qaratilgan birinçilik yakunida ğolib va sovrindorlar taqdirlandi.
Tölqin Röziyev, ÖzA