Ma’lumki, Prezidentimiz murojaatnomasida muhandislarni tayyorlash va qayta tayyorlash alohida vazifa qilib belgilangan edi. Ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham amaliy ishlar boshlandi.

Jumladan, ushbu yo‘nalishda AQSH, Isroil, Kanada va Janubiy Koreya, Germaniya kabi rivojlangan davlatlarning muhandislar tayyorlash markazlari faoliyatini o‘rganish ham belgilangan edi. Xorij tajribasini o‘zimizda qo‘llash maqsadida kombinat mutaxassislari ayni kunlarda Germaniyaning  Xalle shahrida bo‘lib tajriba almashmoqda. Mutaxassislar u yerda tashkil etilgan o‘quv markazlari faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, ular yana bir nechta o‘quv markazlariga ham borishadi. Jumladan, mashhur Volkswagen avtokonsernining muhandislar tayyorlash o‘quv markazi faoliyatini ham o‘rganishadi.

2023 yilda o‘z faoliyatini boshlashi ko‘zda tutilgan OKMK muhandislik maktabi Germaniya tajribasi asosida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu o‘quv markazi kombinat tarkibiy bo‘linmalariga zarur bo‘lgan muhandis-texnik xodimlarni qayta tayyorlab beradi. Maktabda mashg‘ulotlarni xorijlik o‘qituvchilar olib boradi.

OKMK Axborot xizmati,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMKda Germaniya tajribasi asosida muhandislik maktabi tashkil etiladi