Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan "Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish" mavzusidagi II O‘zbekiston iqtisodiy forumida “Olmaliq KMK” AJ hamda qator kompaniya va banklar o‘rtasida shartnomalar imzolandi.
Jumladan, Germaniyaning Helaba banki o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur hujjat “Olmaliq KMK” AJ va Metso Outotec kompaniyasi o‘rtasida Rux zavodida 6-sonli oltingugurt kislotasi sexini qurish bo‘yicha muhandislik xizmatlarini taqdim etish va uskunalar yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni Germaniyaning “Yeulyer Nermyes” eksport sug‘urta agentligi ostida moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida tuzildi. Imzolangan bitimning miqdori 67,3 million yevroni tashkil etib, 13 yilga 3 yillik imtiyozli davr bilan beriladi.
Shuningdek, forumda OKMK va Germaniyaning BASF konserni o‘rtasida ham hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur hujjat zamonaviy talablarga javob beradigan Germaniyaning BASF konserni tomonidan ishlab chiqarilgan umumiy miqdori 998 042,40 yevrolik “04-111 Ss11x4 va 04-110 Ss11x4” markali vanadiy katalizatorlari xaridini amalga oshirish maqsadida imzolandi.
Bundan tashqari, forumda Finlyandiyaning Metso Outotec kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi ham imzolandi. Ushbu memorandum OKMK negizida yangi metallurgiya majmuasini qurish uchun asosiy muhandislik ishlarini amalga oshirishga qaratilgan.
OKMK, AGMK – “Deutsche Innovatsion” qo‘shma korxonasi va Germaniyaning “Menzel” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan memorandum Chirchiq shahrida o‘rta va yuqori kuchlanishli elektrodvigatellar va elektrogeneratorlarni ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Forumda “Yoshlik-1” koniga uskunalar yetkazib berish bo‘yicha Germaniyaning TAKRAF kompaniyasi bilan ham memorandum imzolandi. Forum doirasida OKMK rahbariyati hamda Trafigure PTE Ltd, Glencore International AG kompaniyalari, Hitachi kompaniyasi texnika vositalarini yetkazib beruvchi Eurasian Machinery dillerlik tashkiloti vakillari bilan hamkorlik muzokaralari o‘tkazildi. Shuningdek, Helaba, KfW, Coommerzbank, Barclays, Natixis, JP Morgan Chase kabi banklarning rahbar va vakillari bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazildi.
Bir so‘z bilan aytganda, mazkur ikkinchi xalqaro iqtisodiy forum OKMK uchun har tomonlama foydali bo‘ldi.
OKMK Axborot xizmati