Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bir necha yillardan buyon dunyoning nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

Germaniyaning Frayberg texnika universiteti Konchilik akademiyasi bilan kombinat o‘rtasidagi hamkorlik ham yildan yilga mustahkamlanmoqda. 

Mazkur hamkorlik doirasida Akademiya delegatsiyasi OKMK korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Akademiyaning mashinasozlik, texnologik jarayonlar va energetika fakulteti professori Xolger Libervirt rahbarligidagi delegatsiya a’zolari dastlab Qalmoqqir va Yoshlik-1 konlariga bordi.  Kon qazish ishlari, qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar bilan tanishildi. Shuningdek, Markaziy mexanik ta’mirlash zavodi va 2-sonli misni boyitish fabrikasidagi texnologik jarayonlar o‘rganildi. OKMK mutaxassislari tomonidan uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ma’danlarni qayta ishlash sohasidagi texnologiyalar hafida batafsil ma’lumot berildi. 

Tashrif davomida muhandislik ta’limi va tajriba almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muhandislik maktabida tashkil etilgan uchrashuvda yosh mutaxassislarni tayyorlash va qo‘shma ilmiy loyihalarning istiqbollari muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, Akademiya vakillari tomonidan "Geometex" ilg‘or muhandislik maktabining 12 magistranti uchun "Mis ma’danlarini qayta ishlashning zamonaviy usullari va uskunalari" mavzusida seminar ham o‘tkazildi. 

Mazkur tashrif O‘zbekistonning yirik sanoat korxonasi va Yevropaning eng qadimiy konchilik universitetlaridan biri o‘rtasida mustahkam sheriklik aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 OKMK Axborot xizmati, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OKMK: xalqaro hamkorlik samaralari