Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2023 yilning yanvar-fevral holati bo‘yicha mahsulotlar eksporti rejasi yuz foiz bajarildi.
Jumladan, o‘tgan ikki oyda 101 million 333 ming dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi. Mahsulotlar kesimida, jami 6889 tonna mis, 5235 tona rux mahsulotlari xorijlik importyorlarga yuborilgan. Bundan tashqari, reniy, molibden mahsulotlari eksportida ham belgilangan rejalar bajarilgan. Shuningdek, 759 tonna mis quvurlari xorijlik iste’molchilarga yuborilgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, OKMK mahsulotlari asosan Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinyapti. Shuningdek, yangi bozorlar ham o‘zlashtirilmoqda. Xususan, Ispaniya, Avstriya, Germaniya, Finlyandiya, Kanada, Janubiy Afrika Respublikasi va Senegal, Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Marokash va Singapur kabi davlatlarga ham kombinat mahsulotlari yuborilgan.
OKMK Axborot xizmati,
O‘zA